Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev Qosim-Jömart Töqayevga yöllagan maktubida Qurultoyga saylovlar xalqaro standartlar va demokratik tamoyillar asosida muvaffaqiyatli ötkazilgani munosabati bilan samimiy tabriklarini bildirgan.

Özbekiston rahbari uşbu tarixiy voqea Qozoğiston siyosiy tizimini takomillaştiriş, davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş hamda parlamentning mamlakat hayotidagi rolini sezilarli darajada kuçaytirişda yangi bosqiçni boşlab berganini qayd etgan.

Şuningdek, saylovlarda fuqarolarning faol iştirok etgani Qosim-Jömart Töqayev rahbarligida amalga oşirilayotgan keng kölamli konstitutsiyaviy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar xalq tomonidan qöllab-quvvatlanayotganining yorqin tasdiği ekani taʼkidlangan.

Mazkur islohotlar Qozoğistonning barqaror taraqqiyotini taʼminlaş, şuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi va taʼsirini yanada oşirişga qaratilgani qayd etilgan.

Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalari bilan boğlangan qardoş qozoq xalqi zaminida amalga oşirilayotgan keng kölamli yangilanişlarning yuksak natijalaridan samimiy mamnun ekanini bildirgan.

Prezident, şuningdek, Özbekiston va Qozoğiston parlamentlari örtasidagi yaqin hamkorlik ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari ruhida yangi sifat bosqiçiga kötarilişiga işonç bildirgan.

Maktub yakunida Şavkat Mirziyoyev Qosim-Jömart Töqayevga mustahkam soğlik, farovonlik va davlatçilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, qardoş Qozoğiston xalqiga esa tinçlik va ravnaq tilagan.