Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatida yoʻl-transport hodisasi oqibatida halok boʻlgan uch nafar Oʻzbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi.
22-avgust kuni Qiziloʻrda shahridan oʻtuvchi Chimkent-Samara avtomobil yoʻlining Aqsay hududida Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir boʻlgan edi. Hodisa oqibatida uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi.
Mahalliy idoralarning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, YTH haydovchining rul boshqaruvida uxlab qolishi oqibatida yuk avtomobili bilan toʻqnashishi sababli sodir boʻlgan.





