Toşkentda Izmir House, Neom Tower kabi loyihalarni amalga oşirayotgan quruvçi kompaniya masʼullariga nisbatan firibgarlik alomatlari bilan ikkita jinoyat işi qözğatilgan. Ulardan birida jabrlanuvçilar soni kamida 430 kişi, hisoblangan zarar hozirça 173 mlrd söm. Kompaniyaning rasmiy taʼsisçisi qamoqda, uning “orqasida turgan asosiy odam” esa tergovdan yaşirinyapti, şunday bölsa-da qidiruvga berilmagan. Poytaxt prokurorining izohlaşiça, agar u ham qamab qöyilsa, zararni undiriş masalasi umidsiz bölib qoladi.
Toşkentda “Izmir Art Stroy” MÇJning turar joy loyihalaridan xonadon oliş uçun pul tölagan köplab odamlar muammoga kirib qoldi. Quriliş belgilangan muddatlarda tugamagan. Natijada şikoyatlar sabab kompaniya faoliyati yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Korxona taʼsisçisiga nisbatan mazkur jinoyat işi doirasida “garov” ehtiyot çorasi qöllangan, boşqa bir jinoyat işi doirasida esa u qamoqqa olingan.
Gap Yaşnobod tumanidagi uçta loyiha haqida ketmoqda:
- Izmir House – Jarqörğon köçasi 20-uy;
- Neom Tower – Ohangaron şoxköçasi;
- Kelajak uylari – Ohangaron şoxköçasi.
Kun.uz tanişgan tergov maʼlumotnomasiga köra, Izmir House'da 1152 ta, Neom Tower va Kelajak uylari'da jami 1536 ta xonadon qurilişi rejalaştirilgan bölib, ulardan 90 foizi sotilgan.
2026-yil 25-iyun kuni holat yuzasidan firibgarlik moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirgaça 430 kişi jabrlanuvçi deb eʼtirof etilgan.
Kuni keça Toşkent şahri prokurori vazifasini bajaruvçi Anvar Örmonov şartnoma tuzgan fuqarolar bilan uçraşdi.
Unda içki işlar tergovçilari bergan maʼlumotga köra, iş böyiça hozirgi hisob-kitoblarga köra moddiy zarar miqdori 173 milliard sömni taşkil etadi. Bu raqam tergovning hozirgi bosqiçidagi maʼlumot bölib, tergov va jabrlanuvçilarni aniqlaş jarayoni davom etmoqda.
Uçraşuvda masʼul içki işlar xodimi holat böyiça quyidagiça qisqa tuşuntiriş berdi:
“2025-yildan murojaat qilişni boşlaşgan. Ularning şartnomalarida 2026-yil oxirigaça muddat körsatilgani sababli bu muammo bölib kelgan. 2026-yil iyun oyida jinoyat işi qözğatildi, bu vaqtda hisobraqamida umuman pullari bölmagan. Quriliş töxtatilgan, quriliş uçun mablaği yöq.
Undan taşqari, fuqarolar murojaat qilişni boşlaganidan keyin, öziga taniş quriliş firmalarini şaxsiy iltimos bilan çaqirib, quriliş ketayotgandek qilib körsatib, közböyamaçilik qilingan”.
Boşqa jinoyat işi ham bor
Poytaxt prokurori Anvar Örmonovning aytişiça, hujjatlarda Izmir Art Stroy taʼsisçisi sifatida Gulnora Davronovna Hakimova körsatilgan bölsa-da, kompaniyaning orqasida Akmal ismli şaxs turadi – u boşqa bir jinoyat işi doirasida tergovdan yaşirinyapti, lekin hali qidiruvga berilmagan.
“Izmir Art Stroy'ning boşqa firmasi ham bölgan, ana şu boşqa firmasi Yangihayot tumanida bir fuqaroning yerida u bilan şerikçilikda “dom” qurmoqçi bölişgan. “Dom” qurişmagan, kotlovan qazişni boşlab, sotuv ofisi qilib qöyişgan. Sotuv ofisi orqali fuqarolardan jami 7 milliarddan oşiq pul yiğilgan. Menimça, u pullar sizlarning “dom”inglarga sarflangan bölsa kerak, lekin aniq bilmayman qayerga ketganini. U yerda quriliş bölmagan, natijada fuqarolar: “Biz şunga pul tölayapmiz, lekin quriliş boşlanmayapti, sotuv ofisini ham yopib qöydi, ularni topolmayapmiz”, deb bizga murojaat qilişdi. Bu holat böyiça alohida iş qözğatdik. Tergov Toşkent şahar prokuraturasida ötkazilyapti.
Öşa iş böyiça Izmir Art Stroy'ning rasmiy rahbarini va öşa işga aralaşgan boşqa fuqarolarni qamoqqa olganmiz. Hozirgaça aniqlangan 7 mlrd söm zararning 5 mlrd sömini ular bizga depozitga tölab berdi. Bu – boşqa [Yangihayotdagi] iş böyiça. Lekin buning orqasida turgan asosiy odam, sizlar bilsanglar kerak, Akmal ismli şaxs ekan.
Akmal ismli şaxs hozir tergovdan yaşirinyapti. Biz uni qidiruvga bermadik, sanksiya olmadik, sababi hozir u ham qamalib qolsa, zararni qoplaş ham töxtaydi, sizlarning “dom”inglar ham töxtab qoladi. [Zararni undiriş masalasi] umidsiz bölib qoladi-da. Ularni qamagandan keyin sudga beriş kerak böladi, sud ularga hukm öqiydi. Ularning sudlanib ketgani heç kimga yeçim bölmaydi, sizlar uysiz qolişinglar ehtimoli bilan, biz uni endi nima qilişni hozirça öylab turibmiz”, – dedi Örmonov.
Qurilişga ruxsat berişda temiryöl inobatga olinmagan
Şahar prokurorining aytişiça, Izmir House masalasining boşqa jihati ham bor: temiryöl inobatga olinmagani sababli qurilişga berilgan ruxsatnoma bekor bölib ketgan.
“Menga tuşuntirişdiki, Jarqörğon köçasida qurilgan “dom” qurilişiga ruxsat beriş vaqtida Quriliş vazirligi tomonidan temiryöl hisobga olinmasdan qurilişga ruxsat berilgan. Keyinçalik temiryöl kompaniyasi daʼvo ariza bilan murojaat qilib: “Bu yerda bizning temiryöl “vetka”miz bor, qurilişga ruxsat berişda bu hisobga olinmabdi” degan. [Şundan keyin] Quriliş vazirligining qurilişga bergan ruxsatnomasi bekor qilingan.
Bu nima degani? Ertaga bu uy bitganda, şaharsozlik kengaşining ruxsatisiz qurilgan deb hisoblanadi va foydalanişga qabul qilinmaydi, natijada sizlarga kadastr beriş imkoniyati yöq bölib qoladi.
Hozir biz Jarqörğon köçasidagi bu quriliş böyiça sud çiqargan qaror qançalik qonuniyligini örganib, sud qaroriga protest keltiriş masalasini köramiz. “Şaharsozlik ruxsatnomasining bekor qilinişi notöğri bölgan, bu yerda şunça fuqaroning manfaati yotibdi, mana bunaqa joylari bor edi, sud inobatga olmabdi” degan mazmunda biz protest kiritamiz. Sud jarayoni böladi, biz sudda qurilişga berilgan ruxsatnomani tiklaş uçun kuraşamiz”, – dedi Anvar Örmonov.
Hozirda Izmir Art Stroy'ning tölovga qobiliyatliligi iqtisodiy sudda körib çiqilyapti. Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2026-yil 30-iyuldagi ajrimi bilan kompaniyaga nisbatan tölovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) töğrisida iş qözğatilib, kuzatuv tartib-tamoyili joriy etilgan. Bu – kompaniya bankrot deb topildi degani emas, uning keyingi moliyaviy va huquqiy taqdiri iqtisodiy sud jarayonida hal qilinadi.
Ayrim bloklar boşqa kompaniyaga sotilgan
Izmir Art Stroy'dan xonadon xarid qilganlardan birining aytişiça, u 2023-yil 24-oktabrda şartnoma tuzgan. Ötgan vaqt davomida quriliş bir neça marta keyinga surilgan, keyinçalik u sotib olgan xonadon joylaşgan A va B bloklari boşqa kompaniyaga ötkazilgan.
“Quriliş 2025-yilning birinçi çoragida tamomlanadi deyilgan edi. Kelib qarasam, quriliş töxtab qolibdi”, – deydi u.
Fuqaroning aytişiça, keyinçalik A va B bloklarini boşqa kompaniya sotib olgan. Ammo u yangi kompaniyaga murojaat qilganida Izmir Art Stroy'dan olgansiz, degan javobni olgan. Izmir Art Stroy'ga murojaat qilganida esa bloklar boşqa kompaniyaga sotilganini aytişgan.
“Hozir sarson bölyapmiz. Hali bu uylarni ola olamizmi, yöqmi? Ikkita kompaniyaning örtasida qolib ketdi bu uylar”, – deydi fuqaro.
U xonadon uçun 438 million söm tölagani va tölovni töliq amalga oşirganini aytadi.
Loyiha ham özgargan
Yana bir fuqaro esa ikkita xonadon olganini, keyinçalik qurilayotgan uylarning loyihasi özgarganini aytadi. Uning sözlariga köra, 2025-yil may oyida quriliş obyektiga kelganida avvalgi loyiha örniga boşqa reja böyiça quriliş ketayotganini körgan. U yangi variantdagi xonadonni olişni istamagan va şartnomani bekor qiliş böyiça murojaat qilgan.
“2025-yil mayidan beri sarsonmiz, pulimizni olomayapmiz”, – deydi u.
Tergov şahar IIBBga ötkaziladi
Fuqarolar bilan uçraşuvda Toşkent şahar prokurori vazifasini bajaruvçi Anvar Örmonov tergovçilarning hisobotlarini tingladi, fuqarolar esa özlarini qiziqtirayotgan savollarni berdi.
Jinoyat işi Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tergoviga ötkazilişi, qöşimça fuqarolar söroq qilinişi hamda kompaniyaning mol-mulkini aniqlaş böyiça işlar davom ettirilişi maʼlum qilindi.
“Bugundan işni şaharga olamiz. Şahar içki işlar boş boşqarmasi tergoviga ötkaziladi. Tez kunda öşa 500 dan oşiq odamning söroğini qilamiz”, – dedi Örmonov.
Prokuror, şuningdek, aniqlangan mol-mulk va boşqa aktivlar bilan boğliq çoralar körilişi hamda fuqarolarning uylarini bitkaziş imkoniyatlari körib çiqilişini aytdi.
“Men harakat qilaman sizlarga yordam berişga. Men sizlar tarafman”, – dedi poytaxt prokurori.
Kun.uz vaziyatni, tergov va sud jarayonlarini, şuningdek, fuqarolarning huquqlari qanday taʼminlanişini kuzatişda davom etadi.











