Apple alohida tadbir ötkazmasdan M5 Pro va M6 çipsetlaridagi yangi avlod Mac mini’ni taqdim etdi. Bu 2024-yildan beri birinçi marta yangilanayotgan desktop kompyuter va ayni paytda Tim Kuk davrida çiqarilgan sönggi mahsulotdir, deb yozdi Gizmodo.

Yangi Mac mini öziga xos ixçam dizaynini saqlab qolgan, bazaviy konfiguratsiyadagi tezkor xotira hajmi esa endi 16 GB ni taşkil etadi. Maʼlumotlarni saqlaş uçun 256 GB hajmli SSD örnatilgan. Şu bilan birga, boşlanğiç narx 900 dollarga yetdi - bu avvalgi versiyadan 100 dollar qimmatroq.

Asosiy özgariş M6 protsessori böldi – bu Apple’ning 2 nanometrli texjarayon asosida işlab çiqarilgan birinçi çipidir. U ikkita superyadro, törtta samarador va oltita energiya tejamkor yadrolarni öz içiga oladi. Kompaniya nafaqat tezlikka, balki 3 nanometrli avlodga nisbatan energiya samaradorligi oşganiga ham urğu bermoqda.

Apple yangi M6 çipi GPU bilan boğliq vazifalarni bajarişda M5 çipidan yaxşiroq ekanligini vaʼda qilmoqda.

Apple’ning taʼkidlaşiça, M6’ning köp oqimli işlaş unumdorligi M5’nikidan qariyb 1,2 baravar yuqori. Grafikadagi özgarişlar yanada sezilarli: 12 yadroli grafik protsessorning har bir yadrosi neyron tezlatgiçlar bilan jihozlangan, bu esa Apple M4 örnatilgan Mac mini’ga qaraganda ikki baravar yuqori grafik tezligini taʼminlaydi.

 

Apple şuningdek, M5 Pro bazasidagi Mac mini’ni ham taklif qilmoqda. Unda murakkabroq grafik va sunʼiy intellekt vazifalariga möljallangan 18 yadroli grafik protsessordan foydalaniladi. Ikkala model ham Wi-Fi 7, Bluetooth 6 va 2,5 gigabitli Ethernet bilan jihozlangan.

Yangi mahsulotga Apple veb-saytida oldindan buyurtma beriş mumkin, biroq sotuvlar 22-sentabrdan boşlanadi. M6 çipidagi 16/256 GB xotirali bazaviy versiya 900 dollardan, M5 Pro çipidagi 24/512 GB xotirali Mac mini esa 1700 dollardan boşlanadi.

Şu bilan birga Apple M6 va M5 Ultra protsessorlarini, şuningdek, M5 Max va M5 Ultra bazasidagi Mac Studiöni rasman eʼlon qildi. Oxirgisi kompaniya tarixidagi eng qudratli çipset deb atalmoqda: maksimal konfiguratsiyada u 80 ta grafik yadro, 36 ta protsessor yadrosi va 512 GB gaça birlaşgan xotiraga ega böldi.