Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Nepalda halokatli suv toşqinlari
26-avgust tongida Himolay daryosiga ulkan loy va toş massasi qulab, halokatli suv toşqinlarini keltirib çiqardi. Rasmiylarga köra, fojia oqibatida 160 dan ortiq inson halok bölgan. Nepal va Xitoyning Tibet hududi böylab qariyb 1500 kişi, jumladan, 800 nafar çet el fuqarosi bedarak yöqoldi.
Tasdiqlangan videolarda Jiron çegara punkti atrofida önlab odamlarni ulkan suv va vayronalar oqimi oqizib ketayotgani körinadi. Oqimning quyi qismidagi Nepalda esa uylar, yöllar va energetika inşootlari yuvilib ketgani aks etgan.
AQŞ Geologiya xizmatining taʼkidlaşiça, dastlab 4,4 magnitudali deb xabar qilingan zilzila aslida muzlik toşlarning qulaşi va vayronalar oqimi natijasida yuzaga kelgan seysmik energiya bölgan.
Ofat – Tibet va Nepal poytaxti Katmanduni boğlovçi, sayyohlar va ziyoratçilar gavjum bölgan toğli hududni yuvib ketdi.
«Qurbonlar soni oşişi mumkin. Çunki biz qidiruv işlarini qayta tikladik va yana köplab jasadlar topilişi kutilmoqda», dedi politsiya matbuot kotibi Abi Narayan.
Politsiya va turizm rasmiylarining taʼkidlaşiça, Nepalda bedarak yöqolgan 826 kişining qariyb 600 nafari xorijliklardir. Bedarak yöqolgan sayyohlar asosan Hindiston, AQŞ, Avstraliya, Kanada, Ukraina va boşqa davlatlardan kelgan.
Xitoy tomonidan esa Tibetning Jiron okrugida yana 558 kişi bedarak yöqolgan, ularning 260 nafari çet el fuqarolari.
Nepal armiyasi omon qolganlarni qidiriş va jasadlarni topiş uçun 5000 dan ortiq harbiy va qutqaruvçini jalb qilgan. AQŞ Davlat departamenti tabiiy ofatlarni bartaraf etiş böyiça maslahatçi yubormoqda. Şuningdek, 500 ming dollar yordam körsatiladi. BMT ham Nepalni qöllab-quvvatlaş uçun yordam uskunalari va xodimlar yubormoqda.
MRB direktorining taşrifi
Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Ratkliff Moskvaga taşrifi çoğida Rossiyani NATO aʼzolariga hujum qilişdan ogohlantirgan bölişi mumkin. Bu haqda ikki manba va britaniyalik amaldorga tayanib Politico naşri xabar berdi.








