Niderlandiyaning Amsterdam şahrida akademik eşkak eşiş böyiça jahon çempionati bölib ötmoqda. 27-avgust kuni Özbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor böldi.
Yengil vaznli sportçilar örtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Şahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev duyeti oltin medal sohibiga aylandi. Bu – özbekistonlik akademik eşkak eşuvçilarning kattalar örtasidagi jahon çempionatida qölga kiritgan dastlabki oltin medali sifatida tarixda qoladi.
Şahzod Nurmatov çempionlikdan keyin bergan intervyusida mazkur çempionlikni Özbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bağişlaganliklarini aytişdi.
Mazkur yönalişda kumuş medal Germaniya, bronza medali esa AQŞ sportçilariga nasib etdi.







