Oʻzbekiston eshkakchilar jamoasi Osiyo oʻyinlarida sermahsullik koʻrsatmoqda.

Akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev Osiyo oʻyinlarining yengil vaznli sportchilar juftligida (LM2x) ishtirok etib, marraga birinchi boʻlib yetib kelishdi va oltin medalga ega chiqishdi.

Maʼlumot uchun, ushbu juftlik joriy yil jahon chempionatida ham gʻolib chiqishgandi.

Bu eshkak eshuvchilar tomonidan bugun qoʻlga kiritilgan toʻqqizinchi medal boʻldi: bungacha 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza olingandi.

Oltin

  • Shohsanam Sherzodova (kanoeda eshkak eshish, C1 200 metr)

  • Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev (akademik eshkak eshish, LM2x)

Kumush

  • Shahboz Xolmurzayev (akademik eshkak eshish, M1x)

  • Anna Prakaten (akademik eshkak eshish, W1x)

  • Mehroj Mamatqulov va Pavel Sorin (akademik eshkak eshish, M2x)

  • Anna Aksenova, Mariya Sergeyeva, Rayhona Sattorova va Aydana Smetullayeva (akademik eshkak eshish, W4)

  • Artur Guliyev va Vladlen Denisov (kanoe, C2 500 metr)

Bronza

  • Arina Tanatmisheva va Yekaterina Shubina (baydarka, K2 500 metr)

  • Maksim Golubev va Alisher Turdiyev (akademik eshkak eshish, M2).

Endi Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy reytingda 3 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza bilan 8-oʻringa koʻtarilib oldi.

Screenshot 2026-09-24 120347