Nepal shimolidagi koʻchki va toshqin oqibatida halok boʻlganlar soni 675 nafarga yertdi. Bedarak yoʻqolganlar soni esa 3 ming nafarga yaqinlashgan. Bu haqda AFP xabar berdi.

Nepal turizm vazirligining maʼlumot berishicha, 621 nafar xorijlik sayyohni qutqarishga muvaffaq boʻlingan, 320 nafar sayyoh bilan aloqa uzilgan. 

Chorshanba kuni ertalab Langtang-Lirung togʻida muzlik qulashi oqibatida ulkan tosh massasi va loy qoldiqlari Lxende-Kxola daryosi toʻsilib qolgandi.

Natijada yuzaga kelgan suv toshqini qishloqlar va vodiylarni yorib oʻtib, sayyohlar va ziyoratchilar orasida mashhur boʻlgan, Katmandu va Tibet bogʻlovchi marshrut boʻylab elektr stansiyalari, yoʻllar va koʻpriklarni yakson qildi.