Ukrainaning Anqaradagi elchisi Narimon Jalol Qora dengizda Turkiya kemasi va unga yordamga kelgan kemaga qilingan hujum sababli Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Gap 26 va 27-avgust kunlari Tuapse qirgʻogʻida Lider Bordo Mavi va Lider Kocatepe kemalariga qilingan hujum haqida bormoqda.

«Uchrashuv davomida mamlakatimizning ushbu hujumlarga munosabati yetkazildi hamda Qora dengizda odamlar, mol-mulk, kemalar qatnovi va atrof-muhit xavfsizligini taʼminlash shart ekani yuzasidan zarur ogohlantirishlar berildi», - dedi vazirlik vakili.

26-avgustga oʻtar kechasi Tuapse sohilida dronlar Lider Bordo Mavi turk yuk kemasiga hujum qildi. Haber Trabzon xabariga koʻra, kema bortida yongʻin yuzaga kelgan, ekipajning besh nafar aʼzosi jarohatlangan.

Turkiya, Ukraina, Qora dengiz