Geografiya – davlatlar va millatlar taqdirida beqiyos rol öynaydi. Qayerda joylaşganlik, qanday qöşnilar bilan öralganlik – xavfsizlik va taraqqiyot uçun inkor qilib bölmas omillar hisoblanadi.
Özbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasi tört geografik tomondan tört xil qöşnilarga ega. Şimolda – keçagi metropoliya bölmiş Rossiya Federatsiyasi, şarqda dunyoning ikkinçi iqtisodiy va harbiy qudrati bölmiş Xitoy Xalq Respublikasi, ğarbda esa Yevropa Ittifoqi va AQŞ.
Bu safar Özbekiston, Markaziy Osiyoning janubida joylaşgan törtlik haqida fikr almaşamiz. Men bu davlatlarning biz uçun ahamiyatini inobatga olib “janubiy törtlik geosiyosiy doktrinasi” degan bölar edim.
Faqat Özbekiston va MO mintaqasining janubida ayni özliklar va mustahkam tarixiy aloqalar bilan boğliq davlatlar hamjamiyati bor. Biz aynan mana şu tört davlat bilan özliklar asosidagi fundamental ittifoqlar, alyanslar şakllantiriş imkoniyatiga egamiz.
18-20 asrlar – global kolonializm davri böldi. Garçi mustaqil bölsak-da, tarixan bitta makonda, vaqti-vaqti bilan yagona davlatlar tarkibida bölgan janubiy törtlikka haliga qadar koloniyalar tomonidan örnatilgan tamğalar, şablonlar, steriotiplar doirasida qaraşda davom etdik. Bu qaysi davlatlar?
Bular – Turkiya Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Afğoniston hamda Pokiston.
Turkiya – mustaqil oltita turkiy davlatning demografik, iqtisodiy, harbiy va boşqa parametrlarga köra eng yirik vakili. NATO aʼzosi va uşbu taşkilotdagi harbiylar soniga köra ikkinçi yirik davlat.
Eron Islom Respublikasining aholisi 92 million atrofida, uning ham iqtisodiy, energetik, harbiy potensiali yuqori. Biroq, keyingi yarim asrdagi ğarb bilan tiraşuv, bu davlatning potensialini töliq işga solişga imkon bermadi.
Afğoniston – bevosita qöşnimiz, dunyo özbeklarining tarixiy epitsentrlaridan biri. Misol uçun, özbek tili asosçilaridan biri Alişer Navoiy bugungi Afğoniston hududidagi Hirotda tuğilib ösgan va yaşagan.
Pokiston – uşbu törtlikdagi aholi soni va harbiy qudratiga köra eng yirik mamlakat hisoblanadi. Pokiston aholisi 260 million atrofida deb baholanadi, u musulmon dunyosida yadro quroliga ega yagona davlatdir.
Bu törtlik Özbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari uçun nega muhim? Maʼlumki, taraqqiyot – mintaqaviy xarakterga ega böladi. Qöşni davlatlar va mintaqalarda iqtisodiy qoloqlik, ijtimoiy muammolar, siyosiy inqirozlar muttasil davom etar ekan, bu mintaqadagi barçaga salbiy taʼsir ötkazadi. Qolaversa, eng kuçli ittifoqlar, alyanslar aynan yoki yaqin özliklar asosida quriladi.











