“Xalqaro tan olingan vizalarga ega bölgan xorijiy fuqarolar uçun Özbekiston Respublikasiga kiriş tartibini soddalaştiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, 2026 yil 1-sentabrdan Avstraliya, AQŞ, Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Şengen kelişuvi iştirokçilari bölgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi köp martalik biznes va turizm toifasidagi kiriş vizasiga ega bölgan hamda öz yoki uçinçi mamlakatga uçiş aviaçiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uçun:
- uşbu xorijiy vizalardan birining amal qiliş muddati mobaynida Özbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kungaça bölgan muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.
Mazkur farmon Hindiston boş vaziri Narendra Modi davlat taşrifi bilan Özbekistonga kelgan kun – 29-avgustda imzolangan.








