Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, joriy yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda bozor xizmatlari hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oşgan.
Xizmat turlari kesimida savdo xizmatlari 202 trln sömlik körsatkiç bilan birinçi örinni egalladi.
Keyingi örinlarda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari - 149,7 trln söm, moliyaviy xizmatlar - 125,8 trln söm hamda transport xizmatlari - 121,5 trln söm bilan qayd etildi.
Aloqa va axborotlaştiriş sohasida 61,6 trln sömlik, taʼlim sohasida 27,2 trln sömlik, köçmas mulk bilan boğliq sohada esa 19,4 trln sömlik xizmatlar körsatilgan.
Şuningdek, şaxsiy xizmatlar hajmi 14,1 trln sömni, soğliqni saqlaş sohasidagi xizmatlar 13,9 trln sömni taşkil etgan.
Meʼmorçilik, muhandislik izlanişlari, texnik sinov va tahlil sohasida 10,7 trln sömlik, kompyuterlar va maişiy tovarlarni taʼmirlaş böyiça 9,2 trln sömlik, ijara sohasida esa 9 trln sömlik xizmatlar körsatilgan.
Boşqa turdagi xizmatlar hajmi 38,3 trln sömni taşkil etgan.








