AQŞ harbiylari tört oy davomida Hörmuz böğozini minalardan tozalaş böyiça maxfiy amaliyot ötkazdi. Bunga AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining maxsus bölinmasi ğavvoslari, robotlaştirilgan katerlar va ixtisoslaştirilgan suvosti apparatlari jalb etildi, deb yozdi Financial Times.
Işlar asosan tunda olib borilgan. Fevral oyida AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanganidan söng kemalar böğozdan ötişga qörqib qolgan edi. Amerika harbiylari aynan şu minalarni qidirib topib, yöq qilgani aytilmoqda.
Eron xalqaro suvlarda va Ömon qirğoqlari yaqinida minalar örnatganini daʼvo qilgan edi. Iyun oyida Xalqaro dengiz taşkiloti asosiy kemaçilik yönalişlarida 80 ga yaqin mina borligi haqida xabar bergan.
Ötgan hafta AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika harbiylari böğozning xalqaro suvlaridagi «barça minalarni» yöq qilgani yoki olib taşlaganini maʼlum qildi. Pentagon bu maʼlumotni tasdiqladi.
FT naşrining aniqlaşiça, işning katta qismini ğavvoslarning kiçik guruhlari bajargan. Sonarlar bilan jihozlangan robotlaştirilgan katerlar va suvosti apparatlari dengiz tubini tekşirgan. Ular mina topgaç, ğavvos tuşib, zaryad örnatgan va ortga qaytgan, şundan söng mina portlatilgan. Minalarni yöq qiliş uçun portlovçi moddalar bilan jihozlangan suvosti robotlaridan ham foydalanilgan bölişi mumkin.
Kema egalari va ekspertlar AQŞ, katta ehtimol bilan, böğozning Ömon qirğoqlari yaqinidagi janubiy qismini minalardan haqiqatan ham tozalagan, deb hisoblamoqda. Amerikaliklar hozir kemalarni aynan şu yönaliş böylab olib ötmoqda. Biroq, mutaxassislar butun Hörmuz böğozida boşqa mina qolmaganiga şubha qilmoqda, deb qayd etadi FT.
Tehron ham Vaşingtonning bayonotlarini rad etmoqda. Mamlakat taşqi işlar vaziri örinbosari Kozim Ğaribobodiyning aytişiça, «bu minalarning joylaşuvini Erondan boşqa heç kim bilmaydi». Eron OAV sönggi bir hafta içida kamida ikkita tanker minada portlaganini, harbiylar esa Ömon qirğoqlariga yangi minalar örnatganini daʼvo qildi.
Şu bilan birga, dengiz xizmatlari mojaro boşlanganidan beri biror bir kema minada portlaganini hali tasdiqlagani yöq. Sunʼiy yöldoşdan olingan suratlar ham Tehronning daʼvolarini tasdiqlamayapti. Mavjudligi tasdiqlangan yagona minani may oyida böğozda pokistonlik gidrograf aniqlagan edi.
Hatto ehtimoliy minalar haqidagi xabarlarning özi ham kemaçilikka sezilarli taʼsir körsatmoqda. Hörmuz böğozidan ötiş uçun suğurta narxi uruşdan oldingi darajaga nisbatan ön baravargaça oşdi. Yirik neft tankeri uçun bu taxminan 10 million dollarga tuşişi mumkin.








