Xitoyda işlab çiqarilgan, yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd Andijonga sinov reysini amalga oşirdi.

Andijon viloyati hokimligi xabariga köra, poyezd soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlaniş va bir vaqtning özida 415 nafar yölovçini qabul qiliş imkoniyatiga ega. Toşkentdan Andijongaça bölgan masofani atigi 4 soat içida bosib ötişi közda tutilgan.

Avvalroq Urganç xalqaro aeroporti va Xiva temiryöl bekati oraliğida Xitoyda işlab çiqarilgan CR200J elektropoyezdi harakatlanişi xabar qilingan edi.