The Aviationist naşrining xabar berişiça, fotograf Jeff Roxas samolyotni 1-oktabr kuni VFA-41 eskadrilyasi Kaliforniyadagi Lemur aviabazasiga qaytganida suratga olgan. Gap bort raqami 102, AQŞ harbiy-dengiz kuçlaridagi röyxat raqami 168491 bölgan qiruvçi haqida ketmoqda.

«Qora tuzlar» nomi bilan tanilgan eskadrilya Eronga qarşi Epic Fury operatsiyasi davomida USS Abraham Lincoln aviataşuvçisidan harakat qilgan.

Suratlarda samolyotning old qismida bir neça qator kiçik bomba tasvirlari körinadi. Suvosti kemasi belgisi esa ulardan alohida, bort raqamining oldiga çizilgan.

Tasvir taşqi körinişidan Kilo sinfiga mansub dizel-elektr suvosti kemasini eslatadi. Biroq soddalaştirilgan rasm orqali kemaning turi yoki nomini işonçli aniqlab bölmaydi. The Aviationist ham bu talqinni ehtimoliy versiya sifatida keltirgan.

Hozirça samolyot submarinaga aynan kemaga qarşi raketa bilan zarba bergani haqidagi daʼvo tasdiqlanmagan. Surat hujumning özini emas, qiruvçidagi belgini körsatadi. Nişon öşa paytda dengizda, priçalda yoki taʼmirda bölgani ham maʼlum emas.

Şu sababli voqeani tarixdagi ilk şunday ğalaba deb ataşga ham yetarli asos yöq.

The War Zone naşri VFA-41 eskadrilyasining operatsiya davomida sarflagan qurollari röyxati aks etgan stend suratini ham eʼlon qilgan. Unda bölinma jami 421 ta raketa va bomba qöllagani körsatilgan.

Jumladan, röyxatda 173 ta GBU-38/B JDAM boşqariluvçi bombasi, 41 ta AGM-154 JSOW qanotli bombasi va 10 ta AGM-84K SLAM-ER qanotli raketasi qayd etilgan.

SLAM-ER kemaga qarşi Harpoon raketasi asosida işlab çiqilgan bölsa-da, ham quruqlikdagi, ham dengizdagi nişonlarga yuqori aniqlikda zarba berişga möljallangan. AQŞ harbiy-dengiz aviatsiya tizimlari qömondonligi - NAVAIR maʼlumotlariga köra, uni F/A-18 oilasiga mansub samolyotlardan uçiriş mumkin.

Biroq SLAM-ER eskadrilya hisobotida borligi aynan şu raketa suvosti kemasiga qarşi işlatilganini anglatmaydi. Qurollar sarfi butun bölinmaga tegişli bölib, qaysi samolyot qaysi nişonga qanday qurol qöllagani oçiqlanmagan.

F/A-18F - köp vazifali Super Hornet qiruvçisining ikki örindiqli versiyasi. U havodagi nişonlarga qarşi kuraşiş, kuzatib boriş, razvedka va yuqori aniqlikdagi zarbalar uçun qöllanadi.