Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning dastlabki yetti oyida Oʻzbekiston eksportida eng yuqori ulush Rossiya hissasiga toʻgʻri kelgan - ushbu mamlakatga 2,8 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Keyingi oʻrinlarni Xitoy - 1,7 mlrd dollar va Afgʻoniston - 1,1 mlrd dollar bilan egallagan.

Shuningdek, Qozogʻistonga 868 mln dollar, Fransiyaga 854,9 mln dollar, Hongkongga 716 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Turkiyaga eksport hajmi 596,2 mln dollarni, Qirgʻizistonga - 575,8 mln dollarni, Tojikistonga - 437,5 mln dollarni va Birlashgan Arab Amirliklariga - 420,8 mln dollarni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, ushbu oʻnta davlatning Oʻzbekiston umumiy eksportidagi ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan.