Farğona viloyatining Qöştepa tumanidan bölgan qalampirçi aya boşidan ötgan musibatlar va ularni qanday yengani haqida sözlab berdi:

Hikmat aya Rözimatova
Hikmat aya Rözimatova
“Tönğiç qizim yoşligida kasal bölib ötib ketgan, öğlim 2003-yilda elektriklarning aybi bilan tok urişidan halok böldi. Baxtsiz hodisa yuz berganida u 11 yoşda edi. Turmuş örtoğimdan taşqari hayotda birgina qizim qolgan. U tez-tez kelib holimizdan xabar olib turadi.

Öğlimni yöqotganimdan keyin tuşkunlikka tuşib qoldim. U hayolimdan ketmay ança yillar azobda yurdim. Taşvişga tuşgan turmuş örtoğim Toşkentda yaşaydigan opasining yoniga borib zora dehqonçilik bilan şuğullanib ovunsa deya qalampirning bir neçta navlaridan olib kelib berdi. Uç-tört yil uruğlik qilib köçatlarni köpaytirdim. Qalampir ekarkanman özimda ham qandaydir boşqaça hislar ötdi. Oz bölsa-da boşimdagi musibatlar arigandek böldi.

Hozirda 8 xil navdagi qalimpirlar hovlimni bezab turadi, gul örnida gul. Qalampirlarni terib bozorga olib borsam “syomka” qilsak maylimi, ruxsat berasizmi deyişadi. Qirğiziston, Qozoğiston va boşqa joylardan kelgan mehmonlar rasmga olişadi, ularning çiroyini körib hayron bölişadi. Xola, bu qalampirlarni qayerdan olgansiz, deb qiziqib söraşadi.

Yozda ekilgan qalampirlar qişgaça meva tugaveradi, gullaydi, hatto tuvaklarga olib qöysam ham gullab meva solaveradi.

Yil 12 oy qalampir sotaman. Yoz faslidan pişib köpayib ketsa yelim idişlarga solib tuzlab qöyib, qişda sotaman.

Qalampir haqida har kim har xil fikrlaydi. Ovqatingizga qöşib içsangiz maza beradi, ham iştahangiz oçadi, ham qoningiz suyuladi.

Yagona orzum bor: u ham bölsa qalampir navlarini yanayam köpaytirib, daromadni oşirib turmuş örtoğimni Hajga jönatiş. Nasib qilsa şuning harakatida yuribman,” – deydi dehqon aya.