Poytaxtda kvartiralar va hovli uylar narxlari qayta hisoblanib, bozorga yaqin narx şakllantirildi. 2 oy davomida mulkdorlar hisoblangan narx böyiça öz fikr va eʼtirozlarini bildirişlari mumkin. Kun.uz ommaviy baholaş yuzasidan aholida tuğilayotgan savollarga Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi rahbarlaridan javob oldi.
Poytaxtda köçmas mulkni ommaviy baholaş işlari amalga oşirildi. Endilikda baholaşning dastlabki natijalari mulkdorlar uçun oçiq. Fuqarolar öz uy-joyining qanday qiymatda baholanganini körib, natija böyiça öz fikr va eʼtirozlarini (my.gov.uz orqali) bildirişlari mumkin. Bu jarayon faqatgina köp qavatli uylarda kvartirasi bölgan özbekistonliklar emas, balki hovli uy-joylarga ham oid. Yaʼni Toşkentda köçmas mulkka ega bölgan har bir fuqaro öz mulkining ommaviy baholaş natijasini körib çiqişi va undagi maʼlumotlar yoki belgilangan qiymat böyiça murojaat qilişlari mumkin. Muhokamalar 5-sentabrdan boşlandi va yana 2 oy davom etadi.
Xöş, nega köçmas mulk qayta baholandi? Uylarning qiymati qanday aniqlanmoqda? Baholaşda xatolarga yöl qöyilgan bölsa, mulkdor uni qanday özgartirişi mumkin? Va köpçilikni qiziqtirayotgan eng muhim masalalardan biri – qayta baholaş natijalariga köra mol-mulk soliği oşadimi? Ayni masalani muhokama qiliş maqsadida Kun.uz Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi direktori Muhiddin Xolmurodov va direktor örinbosari Feruz Sultonov bilan intervyu taşkil qildi.
- Eʼlon qilingan eng asosiy raqamlardan biri bu Toşkentda qariyb 600 mingta kvartiraning amaldagi kadastr qiymati 57,18 trillion söm, ommaviy baholaşdan keyingi qiymati esa 426,17 trillion söm bölgani. Bu amaldagi qiymatdan 7,4 barobar farq qiladi, deyildi. Nima uçun baholaş ötkazilgani haqida maʼlumot berişdan oldin bu tafovutni tuşunib olaylik. Qanday qilib bunday farq yuzaga keldi va uning asosiy sababi nimada?
- Toşkent şahrida bugungi kunda qariyb 605 mingta kvartira, yaʼni köp kvartirali xonadonlar ommaviy baholandi va aytganingizdek, ularning qiymati 7,4 barobarga oşdi. Bu natija nimadan kelib çiqdi? 2018-yil dastlabki bozorga yaqinlaştiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirildi. Yaʼni 2018-yildan boşlab inventar qiymatdan kadastr qiymatiga ötildi. Kadastr qiymati inventar qiymatga nisbatan tört-beş barobar farq qildi. Lekin u bugungi kundagi bozor dinamikasini, urbanizatsiya jarayonlarining jadallaşişi, quriliş bozoridagi konyunktura özgarişlari va iqtisodiyot hajmi ösişini aks ettirmagan. Uşbu amaldagi kadastr qiymatini aniqlaş tartibiga muvofiq, faqatgina uşbu köçmas mulk obyektining faqat qurilgan yili, devor materiali, qavatliligi inobatga olingan, ammo joylaşuv joyi hisobga olinmagan. Yaʼni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan bir kvadrat metr uçun qatʼiy summa belgilangan. Eng katta miqdordagi summa bu 1 900 000, bir kvadrat metr uçun. Körib turibmizki, bugungi kunda Toşkent şahrida 1 900 000 sömga bir kvadrat metr uy sotib ololmaysiz. Yangi uslubiyotimiz böyiça bozorga yaqin bölgan qiymatni aniqladik. Yaʼni amalda oldi-sotdi şartnomalarida yoki riyeltor maʼlumotlariga qarab tahlil qilganda, uşbu baho kelib çiqdi. Şu bois, siz aytgan 7,4 barobar farq yuzaga keldi.
- Bu yerda eng asosiy masala şuki, nima sababdan ommaviy baholaş ötkazildi?
- Amaldagi kadastr qiymati va bozor narxi örtasida keskin tafovut mavjud. Bundan taşqari, hozirgi kunda obyektlar qiymati har bir yönalişda har xil talqin qilinmoqda. Misol uçun, garovga qöyişda ipotekaga yoki bölmasa snosga, jamoat va davlat ehtiyojlari uçun olib qöyilganda kompensatsiya tölovlari hamda boşqa maqsadlar uçun har xil summa belgilanadi. Yaʼni bitta köçmas mulkning qiymati özi qança deganda, davlat tomonidan hisoblab çiqilgan bir qiymat mavjud emas edi. Aholining qölida mavjud iqtisodiy aktivi - köçmas mulk haqidagi maʼlumotlar yetarliça bölmagan. 2018-yilda inventar qiymatdan kadastr qiymatiga ötilgan bölsa, şu paytdan bugungi kungaça 1 900 000 söm bir kvadrat metr uçun kvartiraning qiymati özgarişsiz qoldi. Köçmas mulk bozori jadal rivojlanişi bu jarayonda inobatga olinmadi. Yaʼni tafovut mutanosibligini taʼminlaş uçun ham bu ommaviy baholaş işlariga zarurat tuğildi.
Asosiy maqsadimiz – fuqaroning, mulkdorning asosiy iqtisodiy aktivi, respublikamizda mavjud 9 million köçmas mulk obyekti, 8 million yer uçastkalari qiymatini bilişimiz kerak. Avvalambor, bu bizga nima beradi? Birinçi navbatda, bu davlat tomonidan infratuzilmaga qilinayotgan sarf-xarajatlar aks ettirilişi köçmas mulk va uşbu hududda bahosidan kelib çiqib aniqlanadi. Misol uçun, Sergeli tumanida 2017-yil metro stansiyasi qurilgan. Uşbu qurilişni amalga oşirişdan avval u yerda yer qiymati hozirgiga nisbatan uç barobar past bölgan. Bitta şu infratuzilma yaratilganidan söng qiymati oşdi va şu qiymati oşgani natijasida davlat qayerga infratuzilmaga köproq miqdorda investitsiya kiritiş kerakligini tuşundi. Bundan taşqari, xususiy tadbirkorlar, developerlar uçun köçmas mulk obyektlari, yer uçastkalari haqida aniq işonçli baza yaratiladi. Şu bois, nafaqat garovda yoki davlat yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyişda kompensatsiyada, balki suğurta kompensatsiyasini hisoblaşda ham ommaviy baholaş muhim.
-Aslida jamoatçilikda tuğilayotgan savol mol-mulk soliği bilan boğliq. Rasmiylar ommaviy baholaş ötkazila boşlanganidan buyon qayta-qayta vaʼda berişyapti: ommaviy baholaş natijalari soliq yukini oşirmaydi. Yaʼni hukumatga soliq stavkalarini pasaytiriş böyiça topşiriq berilganini aytişmoqda. Bugun yiliga şartli 200 ming söm soliq tölayotgan özbekistonlik ommaviy baholaşdan keyin qança mol-mulk soliği tölaydi?
- Joriy yil 5-sentabrda ommaviy baholaş natijalarini eʼlon qilganimizdan söng har bir fuqaro öz munosabatini bildirişini söradik. Şundan keyin köp yurtdoşlarimizdan şu kabi savollar kelib tuşdi. Aytişim mumkin, 8-sentabr kunining özidayoq 287 ta qönğiroq qabul qildik. 80 foizining savoli şundan iborat. “Narx bilan roziman, lekin men bundan soliq tölamayman” degan vajlar keltirilmoqda. Şu böyiça men quyidagiça javob qilaman. Avvalambor, bu ommaviy baholaş natijalarini eʼlon qilişdan maqsad – birinçi navbatda fuqarolarimizning, köçmas mulk, mulkdor egalarining fikrini bilişdan iborat. Bu bugungi kunda heç qanday yuridik, huquqiy oqibat olib kelmaydi. Soliq tölaş yoki oldi-sotdida heç qanaqa masʼuliyat fuqaroga yuklamaydi. Ikkinçidan, buni amaliyotga joriy etiş uçun barça mulkdorlarning roziligini olib, ular bilan kelişib, keyin tasdiqlaymiz. Undan söng köçmas mulklarni ommaviy baholaş töğrisida qonun loyihasi işlab çiqilgan. Bugungi kunda u jamoatçilik muhokamasiga joylaştirilgan. U qabul qilinganidan söng hukumat, tegişli vazirlik va idoralar tomonidan buni soliq bazasi sifatida eʼtirof etiş yoki etilmaslik töğrisida alohida körib çiqiladi.
Yana şuni alohida taʼkidlab ötmoqçiman, bu islohot soliq yukini, soliq tuşumini köpaytiriş, oşirişga qaratilmagan. Asosiy maqsadi nafaqat iqtisodiy aktiv sifatida qiymatni aniqlaş, balki qiymatlarni adolatli, töğri qayta taqsimlaş. Aytaylik, amaldagi qiymat böyiça şahar çekkasida joylaşgan uy bilan şahar markazida joylaşgan uylarning qiymati deyarli bir xil. Bu çora-tadbirlar mana şu kamçilikni töğrilaş uçun qaratilgan. Bu degani soliq oşmaydi. Töğri aytdingiz, tegişli mutasaddilar tomonidan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari tomonidan soliqlar oşirilmasligi töğrisida aytib ötildi. 43-sonli farmonda ommaviy baholaş natijalari amaliyotga joriy etilsa, mol-mulk va yer soliqlari böyiça soliq stavkalarini pasaytiriş yuzasidan takliflar kiritiş belgilangan. Yaʼni fuqarolarning soliq yuki oşişiga yöl qöyilmaydi. Bundan taşqari, yana bitta narsani aytişim mumkin. Endi avvalambor, soliq siyosati böyiça javob berişim sal notöğri. Şaxsiy fikrimni söradingiz, har yil oxirida kelasi yilgi soliq-byudjet siyosatini ijro etiş böyiça prezident qarori imzolanadi. Unga muvofiq koeffitsiyent belgilanadi, yaʼni ötgan yilgiga nisbatan 1,2 yoki 1,3 foizdan oşmasligi töğrisida. Men öylaymanki, tegişli vazirlik, idoralar uşbu masala böyiça şunga öxşaş taklif kiritadi. Fuqarolarimizga qöşimça soliq yuki yuklaş heç kimning maqsadi emas, rejada ham bu közda tutilmagan.
- Ommaviy baholaş natijasida kvartiralar 7-15 baravargaça qimmatlaşganini söz boşida ham taʼkidladim. Bu barça obyektlarga xosmi yoki ayrim hudud yoki toifalardagina uy-joylarda şunday keskin ösiş kuzatildimi? Masalan, tumanlar kesimida tafovut qanday? Eng katta va eng kiçik tafovut haqida gaplaşsak. Masalan, Çilonzor, Yunusobod, Mirzo Uluğbek yoki Şayxontohurda farq qançalik?
- Albatta, uşbu ösiş surʼatlari barça tuman yoki barça kvartirada bir xil emas. Bu kvartira, uşbu obyektning nafaqat kvartira, balki hovli-joy, yakka tartibdagi turar joy joylaşgan joyidan kelib çiqib farq qiladi. Misol uçun, kvartiraning amaldagi kadastr qiymati bilan bozor narxiga yaqin bölgan qiymati, yaʼni bizlar tomondan berilgan natija, dastlabki natija şaharning çekka hududida kamroq şahar markaziga nisbatan. Raqamlar bilan gaplaşsak, eng katta tafovut bu Mirobod bilan Mirzo Uluğbek tumanida. Amaldagi biz taqdim etgan dastlabki natijalarga köra, deyarli töqqiz baravar farq bor. Mirobod va Mirzo Uluğbekda 8,8, adaşmasam. Yangihayotda beş baravar, eng kam körsatkiç. Yaʼni şaharning çekka tumani bozor qiymatiga markazga qaraganda yaqinroq. Bektemir, Yaşnobod va Sergeli tumanlarida olti baravar, Çilonzor, aytganingizdek, 8,3 baravar va Yunusobod, Şayxontohurda 8-8,2 baravar farq qilgan. Yaʼni boşida aytganimdek, bu obyektning joylaşgan joyiga qarab farqi kelib çiqdi.
- 15 baravargaça farq unda qanday çiqdi?
- Yaʼni misol qilib, qöşimça qilib aytamiz, 15 baravargaça farq bu – yakka tartibdagi turar joylarning farqi 15 baravarga oşgan. Eng katta ösiş, kadastr qiymatiga nisbatan tafovut Mirzo Uluğbek va Mirobod tumanlarida bölsa, bu degani Mirzo Uluğbek tumanidagi barça obyektlar şunday emas. Yaʼni Mirzo Uluğbek tumanidagi joylaşgan mahallasidan, salohiyatidan kelib çiqib, qaysidir hududida pastroq tafovut aniqlangan, qaysidir hududida şu sakkiz baravargaça aniqlangan. Hammasi Mirzo Uluğbek yo Mirobod tumanida sakkiz baravarga oşdi degan xulosaga keliş ham notöğri. Mahallalar kesimida narx böyiça zonalaştirilganda, ularning yiğindisini tuman miqyosida köradigan bölsak, eng katta farq şu hududlarda çiqib turibdi.
Hovlilarda farq 15 baravar bölib, bu juda sezilarli farq. Buning asosiy sababi – hovlilarda kadastr qiymatini hisoblab çiqişda yerning qiymati inobatga olinmaydi. Yaʼni bugungi kunda bozorda eng qimmat aktiv yer böladigan bölsa, kadastr qiymatini hisoblaşda faqatgina bino qiymati hisoblanadi. Köçmas mulkni ommaviy baholaş jarayonida, yaʼni bozor narxiga yaqin bölgan qiymatini aniqlaşda yer uçastkasi bilan birga qöşib turib hisoblanganda sezilarli tafovut aniqlandi.
















