Butun dunyo böylab uy-joy narxlari oşib bormoqda. 56ta mamlakatda Knight Frank tomonidan örtaça narxlarni taqqoslaş natijasida olib borilgan tadqiqotlarga köra, ötgan yilning mart oyidan joriy yilning mart oyigaça uy-joy narxlari örtaça 7,3 foizga qimmatlaşgan.
Turkiya ketma-ket beşinçi çorakda narxlarning yillik ösişi reytingida yetakçilik qilmoqda. Mamlakatda hisobotda körsatilgan davr mobaynida uy-joy narxlari 32 foizga oşgan. Turkiyadan taşqari birinçi önlikdan asosan rivojlangan davlatlar, jumladan, Yangi Zelandiya (22,1 foiz), AQŞ (13,2 foiz), Şvetsiya (13 foiz), Avstriya (12,3 foiz) va Norvegiya (10,9 foiz) örin olgan.
Rossiyada bu körsatkiç 11,1 foizni taşkil etgan.
Şu bilan bir qatorda, ba'zi bir yirik iqtisodiyotlar, xususan, Hindiston (-1,6 foiz) va Ispaniya (-1,8 foiz)da köçmas mulk narxlari arzonlaşgan.
Özbekistonda bu borada vaziyat qanday?
Iqtisodiy tahlilçi va mustaqil ekspert Igor Tsoy tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga köra, 2021 yil may oyida Toşkentdagi kvartira sektorida (ikkilamçi bozor) uy-joylarning örtaça yetkazib beriş narxi kvadrat metr uçun 717 dollarga yetgan (oylik ösiş sur'ati 2,1 foiz). Bir yillik ösiş esa dollarda hisoblaganda 9,3 foizdan iborat bölgan. Bu raqamlar sömda körsatilganda, bir yillik ösiş sur'ati 13,8 foizni taşkil etgan. Milliy valutadagi körsatkiçlarning sezilarli darajada ösişini ötgan ön ikki oy davomida milliy valutaning dollarga nisbatan zaiflaşişi bilan izohlaş mumkin.















