Avgust oyida Toşkent ikkilamçi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uçun örtaça narx iyul bilan taqqoslanganda 2 foizga arzonlab, 588 ş. b. (şartli birlik)dan 573 ga qadar yetdi. Mazkur ma'lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholaş kompaniyasi «Gazeta.uz»ga taqdim etgan hisobotda öz ifodasini topgan.
Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 556 ş. b. dan 544 ş. b. ga (-2%) arzonlagan bölsa, ğiştli uylar narxi — 635 örniga 613 ş. b. (-3%).
Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagiça namoyon bölmoqda: bir xonali kvartiralar — 575 ş. b. (-3%), ikki xonali — 561 (-2%), uç xonali — 577 (-3%), tört xonali — 605 (-3%), köp xonali — 592 (-3%).

















