Alişer Rözioxunov 2025-yil 26-fevral kuni 32 yoşida xastalikdan vafot etgan. U Kun.uz saytida bir neça yil davomida faoliyat yuritib, davlat va jamiyat hayotidagi dolzarb mavzularda yuzlab materiallar tayyorlagan. Jurnalist iqtisodiy mavzularni yoritiş, muammoli masalalarni örganiş va aholining moliyaviy savodxonligini oşirişga qaratilgan materiallari bilan tanilgan.
U, şuningdek, davlat taşkilotlari xodimlari va iqtisodiy blok vakillarini bir stol atrofida jamlagan «Munozara klubi» kabi loyihalarni taşkil qilgan. 2021-yilda esa «Ijtimoiy-huquqiy media markazi» NNT muharriri sifatida «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlangan.
14-sentabr kuni Kontent yaratiş markazida jurnalist Alişer Rözioxunov xotirasiga bağişlangan hujjatli film namoyiş etildi. Film uning qisqa, ammo mazmunli hayoti, jurnalistikadagi faoliyati, kasbga munosabati va hamkasblari xotiralari asosida tayyorlangan.
«Uning hayoti orqali jurnalist qanday bölişi kerakligini izladik»
Film mualliflaridan biri, jurnalist Yulduz Olimovaning aytişiça, loyihadan maqsad faqat Alişer Rözioxunovni yodga oliş emas, balki uning hayoti va faoliyati orqali jurnalist uçun muhim qadriyatlarni körsatiş bölgan.
«Alişer uçun jurnalistika şunçaki kasb emas edi. Unda bilim ham, jasorat ham, izlaniş ham, odamlarga yordam berişga oşiqiş ham bor edi. Eng muhimi, u kasbi oldidagi masʼuliyatni his qilib yaşadi», - deydi Yulduz Olimova.

Uning taʼkidlaşiça, film Alişer Rözioxunov haqidagi işlarning boşlanişi sifatida körilmoqda. Kelgusida milliy jurnalistikada öz maktabi va izini qoldirgan, bugun oramizda bölmagan boşqa jurnalistlarning hayoti va ijodini ham hujjatli filmlar orqali kelajak avlodga yetkaziş maqsad qilingan.
«Jurnalistika faqat bugunni tarixga muhrlamasligi kerak. Jurnalistika öz tarixini yaratgan insonlarni ham unutmasligi kerak», - deydi u.
«Uning ovozi va prinsiplari tirik»
Film taqdimotida Alişer Rözioxunovning yaqin dösti va hamkasbi Ilyos Safarov ham sözga çiqdi.
Uning aytişiça, film ustida bir neça hafta davomida işlangan. Loyihani amalga oşirişda Kontent yaratiş markazi rahbari Qobuljon Ahmedov va jurnalist Yulduz Olimova katta hissa qöşgan.
















