Kun.uz jurnalisti Alişer Rözioxunov telegramdagi sahifasida 23 oktyabrga ötar keçasi öz şaxsiy avtomobilida harakatlaniş vaqtida YPX inspektori tomonidan töxtatilgani, unga bu vaqtda içki işlar organlari xodimlari tomonidan kuç işlatilgani haqida yozdi.
U öz murojaatida vazirlik tizimidagi xodimlarning xulq-atvoridan şikoyat qilgan va vazir Pölat Bobojonovdan iste'fo söragan.
«23 oktabr kuni tungi vaqtda çorrahadan ötayotgandim. Çorrahadan ötiş bilan yöl harakati xodimi – inspektor bir maşinani töxtatdi. U yöl yoqasida turgan inspektor xizmat maşinasiga yonma-yon, yölning ikkinçi yölagiga töxtadi. Inspektor esa yölning uçinçi yölagidan haydovçi eşigi tomon yurib kelayotgandi. Men yöldagi tirbandlik va vaziyatni körib, arang uçinçi va törtinçi bölak orasiga tuşib qoldim. Inspektorning qöli maşinamning öng yon oynasiga tegib ketdi.
Şu joydan qoçmay, inspektor kelişini kutdim, unga yöl örtasiga sal e'tibor bilan çiqişini aytganim bilan mojaro boşlandi. Hamma işini qöyib, 6dan ortiq xodim meni örab oldi. Inspektor hujjatlarimni talab qildi. Berdim. Şu orada qiy-çuv qilib, xodimlar «buni rasmiylaştir, odam urdi» deb «aql» örgata boşladi. Men sal şokka tuşdim.
Şu orada şahar IIBBda kimni tanisam, qönğiroq qilib, anglaşmovçilik bilan iş jiddiylaştirilayotganini tuşuntirdim. Inspektor telefonimni olib bir çetga ötib ketdi. Göşakni nariyoğidagi odam vaziyatni uning oğzidan eşitayotgandi. Şu payt niqobda, heç qanday taniş belgisi bölmagan 2 nafar xodimning biri dubinka bilan qornimga soldi. Heç qanday sabab yöq. Aynan şu xodim mensimay, haqoratlab gaplaşa boşladi. Buni tuşunmadim, ammo vaziyat keskinlaşib ketmasligi uçun xöp, aka deb turgandim. Şu xöp sözim ham yoqmadi şekilli. Dubinka zarbidan ikki bukilib yerga ötirdim. Qolganlar masxara qilişni boşladi. «Aktyor ekan, tegma, hozir öziga keladi», deb.
Inspektor telefonda suhbatni tugatib, qaytib keldi va men jurnalist ekanimni qolganlarga aytdi. 10 daqiqadan söng atrofdagi xodimlar tumtaraqay böldi. Inspektor va zudlik bilan şu joyga yetib kelgan rahbari meni yupatib keçirim söradi. Men qabul qildim. Ammo gap ularda emasdi. Xullas, vazir janoblari, ikkiyuzlamaçi, özboşimça va vakolatini suiiste'mol qilib, odam uradigan, haqoratlaydigan xodimlaringizni isloh qilolmayapsiz. Buni eplaydigan odamga örningizni böşatib bering», deya yozgan u.
Jurnalist aybi bölgan taqdirda inspektordan 5 marta özini rasmiylaştirişni söraganini aytgan.
Köp ötmay Toşkent şahar IIBB Alişer Rözioxunov bilan sodir bölgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.












