Alişer yozib qoldi: “Umid aka, Andijonda “snos” boşlanibdi, mavzu juda dolzarb, yonyapti… Bugunoq keçasi yölga çiqamiz operator bilan, tong sahar borib işni boşlaymiz, keçga ortga qaytib, keçasi bilan materialni montaj qilib, tongda çiqaramiz saytga”.

Xöp, dedim. Kerakli tayyorgarliklarni körişdi, yölga çiqişdi.

“Yetib keldik, Umid aka. Boşladik örganişni…”

Bir neça soat ötib: “Dahşat mavzu, judayam yomon holat, tezroq örganib qaytişga harakat qilamiz”.

“Umid aka, orqamizdan davlat maşinasi kuzatib yuribdi, tezroq közdan ğoyib bölib, bor material bilan ortga qaytişga harakat qilamiz”.

Orada, öşa paytdagi SNBdan (nomi negadir qörqinçli eşitilardi) qönğiroq böldi: “Andijondan material tayyorlayapsizlar ekan. Öşa material Prezident mana bu muhim xorij safariga borib kelguniça çiqmasin”. Öşa jiddiy ohangdagi, odatda unçalik tez-tez kuzatilmaydigan buyruq ohangidagi “topşiriq”.

Yigitlar Andijondan qaytişdi, keçasi bilan reportaj tayyorlaşdi, va mana bu materialni ertasi kuni çiqarişdi. Öşanda adaşmasam birinçi marta SNBning jiddiy talabini bajarmay, ular aytgan gapning teskarisini qilgandik. Şu sabab SNB bizdan 3-4 oy “xafa” böldi, biz bilan işlaydigan xodimni balki çetlatişdi, balki boşqa işga olişdi, bilmayman, lekin şu-şu bizni bir neça oy tinç qöyişdi.

Aytmoqçi bölganim, Alişerning özini xavfga qöyib bölsa ham, dolzarb, muhim mavzularga çanqoqligi va özini bu yölda ayamasligi xotiramda qolgan.

Yana bir vaziyat. Namanganga tadbirkorlar iştirokida reportajlar tayyorlaşga ketişdi. Bir neça kun körsatuvlar tayyorlaşdi va ortga qaytişdi. Bu safardan bir neça kun ötib, namanganlik bir taniş tadbirkor menga telefon qilib, katta rahmat aytib qoldi. Sababini sörasam, Alişer reportajlarni çiroyli yakunlaganidan söng, bir guruh tadbirkorlar minnatdorçilik sifatida konvertda ozgina pul bermoqçi bölişgan ekan, qilgan mehnati uçun. Alişer şu payt konvertni olmagani, “oyligimiz yaxşi, pulni olsak rahbariyat xafa böladi” deb rad etganini aytib qolişdi. Juda xursand böldim. Alişer Toşkentga qaytganidan keyin, özimiz minnatdorçilik sifatida öşa olmagan konverti örniga halol qilib qöliga özimiz nomimizdan topşirdik. Jamoa a’zolariga ham buni örnak qilib körsatdik.