26 fevral kuni jurnalist Alişer Rözioxunov vafot etdi. Bu haqda marhumning otasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, jurnalist oxirgi vaqtlarda oğir kasallik bilan oğriyotgandi.

Iqtidorli va qalami ötkir jurnalist Alişer Rözioxunov Kun.uz saytida bir neça yil samarali mehnat qilgan. U faoliyati davomida davlat va jamiyat rivoji yölida yuzlab ijodiy materiallar tayyorlagan.

Şuningdek, Alişer Rözioxunov davlat taşkilotlari xodimlarini bir stolga jamlab, «Munozara klubi» kabi katta loyihalar taşkil qilgan edi.

U 2021 yilda «Ijtimoiy-huquqiy media markazi» nodavlat notijorat taşkiloti muharriri sifatida «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlangan.

Kun.uz marhumning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.