Namanganda yollanma qotil orqali erini öldirmoqçi bölgan 37 yoşli ayol va uning 34 yoşli jazmani jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Iş tafsiloti
Sud hukmiga köra, N.M. (ayol) jabrlanuvçi M.B. bilan yaşab kelgan. Er-xotinning bir nafar farzandi bölgan.
M.B. turmuş örtoği va sudlanuvçi X.T. örtasidagi işqiy munosabatdan xabar topib, uni raşk qila boşlagan. Ayni şu sababli, ayol M.B.ni öldiriş uçun yollanma qotil izlagan. U bu borada fuqaro T.Q.ga murojaat qilib, evaziga 6 ming dollar berişini aytgan.
Ayolning “killer topib beriş” haqidagi iltimosidan söng T.Q. IIBga holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi asosida 2026-yil 4-mart kuni DXX, viloyat IIB hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda M.B.ning öldirilgani sahnalaştirilgan. Söngra şartli yollanma qotil holatni tasvirga olib, buyurtmaçilarga taqdim qilgan. Ayol va uning jazmani şartli yollanma qotilga 5 500 dollar bergan vaqtida qölga olingan.
IIV mazkur jinoyat işi böyiça eʼlon qilgan videolavhada buyurtmaçilar Telegram orqali şartli qotil bilan suhbatlaşgani ham aks etgan. Unda ayol turmuş örtoği Cobalt maşinasida yolğiz yurişini, uni “Andijon–Namangan” yölidagi ovloq joyda öldirib, maşinasini yoqib yuboriş kerakligini, buning evaziga 6 ming dollar berişini aytgan.
“Qörqitib qöymoqçi edim”
N.M. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan va aslida turmuş örtoğini qörqitib qöymoqçi bölganini maʼlum qilgan.
“Muttasil kaltaklagani sababli qörqitib qöyiş uçun qattiqroq uriş rejasi bölgan. Qöşnim folbin edi, T.Q. bilan taniştirdi. Unga erimni qörqitib qöyiş haqida aytganimizda T.Q. agar urib-döpposlasa IIBga ariza qilişi va jinoyat foş bölişi mumkinligini, yöq qilib yuborsa izi çiqmasligini maʼlum qildi. Bizni qotillik jinoyati sodir qilişga T.Q. undadi. M.B.ni öldirib yuboriş haqidagi taklifni dastlab T.Q. berdi. U bilan 6 500 dollarga kelişdik. Dastlab X.T. ming dollar berdi”, degan ayol öz körsatmasida.
Şundan söng 4-mart kuni T.Q. qönğiroq qilib, eri öldirilganini aytgan va qolgan 5 500 dollarni söragan. Buyurtmaçilar M.B. öldirilgani aks etgan videotasvirni körsatganidan söng qolgan pulni berganda qölga olingan.












