Sunʼiy intellektdan foydalanmaslik savodsizlikka aylanadimi? Mehnat bozoridagi raqobat SIni biliş darajasiga boğlanib qoladimi? SI platformalariga şaxsiy maʼlumotlarni kiritiş qançalik xavfli? U inson nazoratidan çiqib ketişi mumkinmi? Jamşid Muslimov va Odilxon Alimxonov «Nima dard?» podkastining navbatdagi sonida Mohirdev taʼlim platformasi asosçisi Anvar Narzullayev bilan suhbatlaşdi.
Suhbat davomida SIdan foydalaniş könikmasi nega yangi savodxonlikka aylanayotgani, dasturçilar va boşqa kasb egalari işi qanday özgarişi, bepul SI xizmatlarida şaxsiy maʼlumotlar xavfi, mustaqil harakat qiluvçi SI agentlari, dipfeyklar, tibbiyotda SIdan foydalaniş va Özbekistonda bu sohani rivojlantiriş uçun nimalar yetişmayotgani muhokama qilindi.
«Ertaga keç böladi»
Suhbat avvalida Anvar Narzullayevdan loyihaning anʼanaviy savoli - «Nima dardingiz bor?» deb söraldi. Mutaxassis uni bugun eng köp taşvişga solayotgan masala odamlarning sunʼiy intellekt borasidagi özgarişlardan ortda qolayotgani ekanini aytdi.
Uning taʼkidlaşiça, ChatGPT ommaga taqdim etilganiga hali köp vaqt bölgani yöq, ammo qisqa davr içida SI texnologiyalari internet va kompyuter kabi avvalgi texnologik inqiloblarga nisbatan ança tez surʼatda odamlar hayotiga kirib keldi.
Yangi modellar orasidagi vaqt ham qisqarib bormoqda. Ilgari bir avloddan ikkinçisiga ötiş uçun oylar talab qilingan bölsa, hozir yangi versiyalar bir neça hafta içida paydo bölyapti. Şu bilan birga ulardan foydalaniş usuli ham soddalaşmoqda: avval SIga murakkab va batafsil prompt yoziş talab qilingan bölsa, yangi modellar oddiy inson tilida berilgan vazifani ham yaxşiroq tuşuna boşladi.
«Mening dardim - köpçilik mana şu narsani örganmayotgani», deydi Narzullayev.
SIdan foydalanmaslik - yangi savodsizlikmi?
Mutaxassis sunʼiy intellektdan foydalanişni kompyuter yoki internetdan foydalaniş könikmasining keyingi bosqiçiga qiyosladi.
Bugun işga kelgan odam «kompyuterdan foydalanişni bilmayman» yoki «internet işlatolmayman» desa, bu uning kasbiy imkoniyatlarini jiddiy çeklaydi. Narzullayevning fikriça, yaqin yillarda «sunʼiy intellektdan foydalanişni bilmayman» degan gap ham xuddi şunday qabul qilinişi mumkin.
Bu jarayon ayrim sohalarda allaqaçon boşlangan. Masalan, dasturlaşda SI kod yoziş, xatolarni topiş va bir qator texnik vazifalarni bajarişni tezlaştiryapti. Şu sabab dasturçidan endi faqat kod yoziş emas, mahsulotni tuşuniş, biznes mantiqini anglaş, mijoz bilan işlaş va jarayonni boşidan oxirigaça boşqariş talab qilinyapti.
«Keyingi bosqiçi - sunʼiy intellektdan foydalanişni bilmaslik savodsizlik böladi», deydi mutaxassis.
Uning fikriça, SI dasturçini butunlay yöqotib yubormasligi mumkin, ammo faqat kod yoziş bilan çeklangan mutaxassislarga ehtiyoj qisqaradi. Dasturçi esa bir poğona yuqoriga kötarilib, mahsulot va biznesni tuşunadigan mutaxassisga aylanişiga töğri keladi.
SIni örganiş uçun kurs şart emas
Sunʼiy intellektdan hali umuman foydalanmagan odam nimadan boşlaşi kerak?
Narzullayevning javobi oddiy: avvalo uni oçib, kundalik hayotda işlatib köriş kerak.
Buning uçun qaysi platformani tanlaş ham dastlabki bosqiçda hal qiluvçi ahamiyatga ega emas. ChatGPT, Gemini, Claude, Copilot, Perplexity yoki boşqa modellardan foydalanib köriş mumkin. Muhimi - SI bilan oddiy messenjerda odam bilan gaplaşgandek muloqot qilişni boşlaş.
Unga kundalik savollarni beriş, biror matnni tuşuntirişni söraş, reja tuzdiriş yoki işdagi oddiy vazifani bajartirib köriş orqali odam asta-sekin SI imkoniyatlarini tuşunib boradi.
Bepul ÇatGPTʼning «narxi» nima?
Suhbatda SI platformalarining bepul va pulli versiyalari örtasidagi farq ham muhokama qilindi.
Bepul versiyalarda odatda foydalaniş limitlari mavjud böladi va baʼzan eng yangi model emas, undan oldingi versiya taklif etiladi. Ammo oddiy foydalanuvçi uçun bu farq har doim ham katta emas.
Asosiy masala - maʼlumotlar xavfsizligi.
Mutaxassis professional faoliyatda maxfiy maʼlumotlar, mijozlar bazasi, bemorlarning tibbiy maʼlumotlari yoki kompaniyaning içki hujjatlarini ommaviy SI servislariga ehtiyotsizlik bilan yuklamaslik kerakligini taʼkidladi.
Ayniqsa, bepul xizmatdan foydalanayotganda servis maʼlumotlarni qanday saqlaşi va ulardan modelni takomillaştiriş uçun foydalaniş-foydalanmasligiga eʼtibor beriş lozim.
Kompaniyalar uçun esa alohida korporativ tariflar, lokal modellar yoki SIni taşkilotning öz serverlarida işga tuşiriş kabi yeçimlar mavjud.
«Sunʼiy intellekt - suverenitet masalasi»
Suhbatdoşlar şaxsiy va davlat maʼlumotlarining xorijiy SI platformalari orqali qayta işlanişi masalasiga ham töxtaldi.
Narzullayevning fikriça, sunʼiy intellekt endi faqat texnologiya yoki biznes masalasi emas. U maʼlumotlar xavfsizligi va davlat suvereniteti bilan ham boğliq.
Buning yeçimlaridan biri - oçiq modellarni taşkilotning öz serveriga örnatiş. Bunda maʼlumotlar taşqi serverlarga çiqmaydi va yopiq tizim içida qayta işlanadi.
Ayniqsa, davlat idoralari, tibbiyot muassasalari, banklar va katta hajmda şaxsiy maʼlumotlar bilan işlaydigan taşkilotlar uçun bunday yondaşuv muhim bölişi mumkin.
SI agentlari nima va ular nega xavfli?
Suhbatning katta qismi sönggi paytlarda tez rivojlanayotgan SI agentlariga bağişlandi.
Oddiy çat-botga inson savol beradi va javob oladi. Agent esa vazifani olgaç, inson nomidan mustaqil harakat qilişi mumkin: internetdan maʼlumot qidiradi, turli saytlarga kiradi, maʼlumotlarni soliştiradi va belgilangan maqsadga erişiş uçun bir neçta bosqiçni özi bajaradi.
Ayrim tizimlarda bitta agent vazifani mayda qismlarga bölib, boşqa agentlarni ham işga tuşirişi mumkin.
Muammo şundaki, inson agentga maqsadni beradi, ammo u maqsadga qanday yöl bilan erişişini har doim ham oldindan bilmaydi.
Suhbatda keltirilgan misollardan birida agentga sport zaliga muayyan vaqt uçun yoziliş vazifasi berilgan. Böş joy topilmagaç, agent boşqa mijozning bronini bekor qilib, uning örniga öz foydalanuvçisini yozib qöygan.
Yaʼni inson «birovning bronini öçir» degan topşiriq bermagan. Agent berilgan maqsadga erişiş yölini özi tanlagan.
Şu nuqtada SI agentlari bilan boğliq yangi savol paydo böladi: inson nomidan harakat qilayotgan tizim noqonuniy yoki zararli iş qilsa, kim javob beradi?
Sunʼiy intellekt nega bunday qaror qilganini özi ham tuşuntirolmasligi mumkin
SI xavfsizligidagi yana bir muammo - «qora quti» tamoyili.
Zamonaviy neyron tarmoqlarda inson tizimga maʼlumot kiritadi va natija oladi, ammo model aynan nima uçun şu xulosaga kelganini har doim ham töliq kuzatiş imkoni yöq.
Bu ayniqsa SIga mustaqil harakat qiliş vakolati berilganda muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki tizim kutilmagan yölni tanlaşi, çeklovni aylanib ötişga harakat qilişi yoki inson nazarda tutmagan qarorni qabul qilişi mumkin.
Şu sabab mutaxassislar oldida faqat SIni yanada kuçaytiriş emas, uning harakatlarini qanday nazorat qiliş masalasi ham turibdi.
Kasblar yöqoladimi?
Sunʼiy intellekt rivojlanişi bilan eng köp beriladigan savollardan biri - odamlar işsiz qoladimi?
Narzullayevning fikriça, xavf mavjud, ammo bu jarayon tarixda birinçi marta sodir bölayotgani yöq.
Avtomatik telefon stansiyalari paydo bölgaç, qölda abonentlarni ulab beruvçi operatorlarga ehtiyoj yöqolgan. Kompyuterlar ayrim kasblarni qisqartirgan. Internet esa aksinça, SMM mutaxassisi, mobilograf, kopirayter va boşqa yangi kasblarni paydo qilgan.
SI ham baʼzi vazifalarni insondan olib qöyadi, biroq şu bilan birga mutaxassisning zimmasiga yangi vazifalar qöşiladi.
«Sunʼiy intellekt keldi, hamma işimni qiladi, men dam olaman, desangiz - unaqa emas. Sizning boşingizga yana ham köproq iş tuşadi», deydi Narzullayev.
Şu maʼnoda xavf faqat kasbning yöqolişida emas, kasb içidagi vazifalarning özgarişida ham.
Şifokor bemor bilan gaplaşadi, SI hisobotni yozadi
Suhbatda sunʼiy intellekt tibbiyotda qanday amaliy foyda berişi mumkinligi ham muhokama qilindi.
Masalan, şifokor bemor bilan suhbatini audio şaklda yozib olişi, SI esa uni matnga aylantirib, kasallik tarixi yoki tibbiy hisobot şakliga keltirişi mumkin. Bu şifokorning qoğozbozlikka sarflaydigan vaqtini kamaytirib, bemor bilan köproq muloqot qiliş imkonini beradi.
Bundan taşqari, maxsus tibbiy modellar tahlillar, rentgen yoki MRT kabi maʼlumotlarni qayta işlaşda mutaxassisga yordamçi bölişi mumkin.
Ammo suhbatdoşlar tibbiyotda yakuniy nazorat insonda qolişi şartligini alohida taʼkidladi. Çunki boşqa sohada 95 foiz aniqlik yaxşi natija bölişi mumkin, tibbiyotda esa qolgan 5 foiz xato inson salomatligi bilan boğliq.
Özbekistonda asosiy muammo - mutaxassislar kam
Özbekiston sunʼiy intellekt poygasiga qançalik tayyor?
Narzullayevning fikriça, eng katta muammolardan biri - malakali kadrlar yetişmasligi.
SI yeçimlarini yaratiş katta hisoblaş quvvati, serverlar, maʼlumotlar bazasi va moliyaviy resurs talab qiladi. Ammo infratuzilmaning özi yetarli emas - uni işlatadigan va mahalliy muammolarga mos yeçim yaratadigan mutaxassislar ham kerak.
«Özbekistonning eng katta muammosi - bugun bozorda sunʼiy intellekt böyiça mutaxassis deyarli yöq, sanoqli», deydi u.
Şuning uçun davlatning vazifalaridan biri mutaxassis tayyorlaş, xorijda öqitiş yoki xorijdan tajribali kadrlarni jalb qiliş, şuningdek, davlat buyurtmalari orqali xususiy sektorning bu sohaga kirişini rağbatlantiriş bölişi mumkin.
SIga data-markazlar, data-markazlarga esa suv va elektr kerak
Sunʼiy intellektning köp muhokama qilinmaydigan tomoni - uning ulkan moddiy infratuzilmaga boğliqligi.
Kuçli modellarni işlatiş uçun data-markazlar, yuqori unumdor çiplar, katta hajmda elektr energiyasi va serverlarni sovitiş uçun resurslar talab etiladi.
Narzullayev Özbekistonda ham bunday infratuzilma şakllanayotganini, ammo mavjud quvvatlar hali kamligini taʼkidladi.
Data-markazlar iqtisodiy imkoniyat yaratişi bilan birga, elektr va suv isteʼmoli, sovitiş hamda ekologik taʼsir kabi yangi muammolarni ham keltirib çiqaradi.
Şu sabab SI poygasi endi faqat algoritm yoki dasturçilar örtasidagi raqobat emas. Elektr energiyasi, çiplar, data-markazlar va zarur xomaşyoga ega böliş ham strategik ustunlikka aylanmoqda.
Dipfeykni köz bilan ajratiş tobora qiyinlaşyapti
Suhbatda SI yordamida yaratilgan soxta foto va videolar mavzusi ham kötarildi.
Bugun sunʼiy intellekt real insonning ovozi, yuz ifodasi va harakatlarini juda işonarli tarzda taqlid qila oladi. Natijada oddiy foydalanuvçi haqiqiy video bilan sunʼiy yaratilgan videoni farqlaşda qiynalişi mumkin.
Bu esa axborot isteʼmolida yangi könikmani talab qiladi: körilgan har qanday video yoki eşitilgan ovozni avtomatik ravişda haqiqat deb qabul qilmaslik.
Ayniqsa, şov-şuvli, hissiyotga taʼsir qiluvçi yoki muhim qaror qabul qilişga undaydigan kontentni boşqa manbalar orqali tekşiriş zarurati oşib bormoqda.
SI «işonç bilan aldaşi» mumkin
Sunʼiy intellekt bilan işlaşdagi eng muhim qoidalardan biri - uning javobini mutlaq haqiqat sifatida qabul qilmaslik.
Narzullayev SI baʼzan mavjud bölmagan manba, maqola yoki faktni işonçli uslubda taqdim etişi mumkinligini taʼkidladi.
«Sunʼiy intellektning bitta xususiyati bor - işonç bilan aldaydi. Juda çiroyli natija beradi. Natijasini körib, “vau, zör ekan”, deysiz. Aslida u yolğon bölib çiqişi mumkin», deydi u.
Şuning uçun SIdan foydalaniş savodxonligi faqat unga töğri savol berişdan iborat emas. Qaysi vazifani töliq unga topşiriş mumkinligi, qayerda inson nazorati kerakligi va qaysi maʼlumotni, albatta, qayta tekşiriş zarurligini biliş ham muhim.
Ayniqsa, tibbiyot, huquq, moliya, ilmiy tadqiqot va boşqa yuqori masʼuliyatli sohalarda yakuniy qaror insonda qolişi lozim.
«Bu jarayon töxtamaydi»
Suhbat yakunida sunʼiy intellektdan foydalanmaslik odamni uning taʼsiridan himoya qilmasligi taʼkidlandi.
Odam ChatGPT yoki boşqa SI dasturini oçmasligi mumkin. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda körayotgan kontentini tanlaş, reklama, qidiruv tizimlari, xizmat körsatiş, ssenariy va matnlar tayyorlaş kabi jarayonlarda sunʼiy intellekt allaqaçon uning hayotiga kirib bölgan.
Şuning uçun masala SIdan butunlay qoçiş yoki uni kör-körona qabul qilişda emas. Asosiy vazifa - uning imkoniyatlaridan foydalaniş bilan birga xavflarini tuşuniş, şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş va muhim qarorlarni inson nazoratida qoldiriş.
«Bu bizga yoqadimi, yoqmaydimi, bu muhitga kirib kelib böldi. Bu jarayon davom etadi», deyildi suhbatda.
Podkast söngida Anvar Narzullayev avvalgi mehmon qoldirgan «Çeklangan imkoniyatlar şaroitida maqsadga qanday erişiş mumkin?» degan savolga ham javob berdi.
Uning fikriça, inson avvalo özi qöyib olgan çeklovlardan taşqariga qaraşni örganişi kerak.
«Maqsadni katta qöyiş kerak. 100 karra katta maqsad qöying. Uning 10 foiziga erişsangiz ham, 10 barobar yaxşiroq natija olgan bölasiz».







