Lexus GX yöltanlamasini yangiladi. Yangilik oltita komplektatsiyada taklif etiladi: Premium, Premium+, Luxury, Luxury+, Overtrail va Overtrail+.

Barça versiyalar uçun ikkita turbokompressorli 3,4 litrli V6 dvigateli baza bölib qoldi. Dvigatel 349 ot kuçi va 649 N·m aylaniş lahzasini hosil qiladi va ön poğonali Direct Shift avtomatik uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi.
Maʼlum qilingan yonilği sarfi 100 km uçun 11,2 l ni taşkil etadi. Şatakka olinadigan tirkamaning maksimal oğirligi komplektatsiyaga qarab 4120 kg ga yetadi.

Avtomobil GA-F rama platformasida qurilgan. Oldinda qöş köndalang riçagli osma, orqada esa köp riçagli konstruksiya qöllanilgan. Qöşimça tölov evaziga moslaşuvçan AVS osmasi taqdim etiladi.
Yöltanlamas şaroitlar uçun standart ravişda doimiy töliq uzatma va Torsen markaziy differensiali közda tutilgan. Overtrail va Overtrail+ versiyalarida qöşimça ravişda elektron boşqariluvçi, blokirovkalanadigan orqa differensial mavjud. Xuddi şu komplektatsiyalar old va orqa köndalang barqarorlik stabilizatorlari işini boşqaruvçi E-KDSS tizimi bilan jihozlangan.
Şuningdek, GX Multi-Terrain Select va Crawl Control tizimlari bilan jihozlandi. Birinçisi yöl qoplamasiga qarab töliq uzatmaning iş rejimlarini tanlaş imkonini bersa, ikkinçisi past tezlikda tortiş va tormozlaşni avtomatik ravişda sozlaydi.

Barça versiyalarning salonida Lexus Interface multimedia tizimining 14 dyuymli ekrani va 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli örnatilgan. Standart jihozlarga simsiz Apple CarPlay va Android Auto hamda önta dinamikli audiotizim ham kiradi.
Komplektatsiyaga qarab GX yetti örinli bölişi mumkin. Ikkinçi qator uçun kapitan kreslolari yoki 60:40 nisbatdagi divan mavjud, uçinçi qator esa elektr yuritma yordamida yiğilişi mumkin. Baʼzi versiyalar uçun ventilyatsiyali ikkinçi qator örindiqlari mavjud.









