21-sentabr kuni Samarqandda 46-Butunjahon şaxmat Olimpiadasining 6-turi ötkazildi.
Özbekistonning birinçi raqamli erkaklar jamoasi amaldagi çempionlar, bu safargi turnirda ham ğoliblikka asosiy daʼvogarlardan biri sanalgan Hindiston vakilariga qarşi dona surdi.
6-tur arafasida ikki jamoa ham 5 tadan ğalabaga erişgan holda 10 tadan oçko jamğargandi, Özbekiston-1 jamoasi faqat qöşimça körsatkiçlar hisobiga birinçi örinda joylaşgandi. Uşbu bellaşuv taqdiri amalda turnir ğolibi masalasini hal qilişi kutilayotgandi.
Özaro bahs kutilganidek şiddatli keçdi va dramatik yakun topdi. Avvaliga Javohir Sindarov qiyin vaziyatda qolganiga qaramay, Arjun Erigaisi bilan durang qayd etişning uddasidan çiqdi.
Nodirbek Abdusattorov Rameşbabu Praggnandha bilan bahsda murosa köçasini tanladi. Şamsiddin Vohidov esa amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju bilan oçkoni teng bölişib oldi.
Şundan keyin barçaning eʼtibori Nodirbek Yoqubboyev va Nihal Sarin örtasida bahs ketayotgan doskaga qaratildi. Bu bahsda avvaliga hindistonlik şaxmatçi pozitsiya böyiça ham, vaqt böyiça ham katta ustunlikka ega edi, ammo kutilmaganda ketma-ket xatolarga yöl qöydi, farzinni oldirgaç esa taslim böldi.
Şu tariqa, ikki favorit jamoa örtasidagi bahs mezbonlarning 2,5-1,5 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.
Özbekiston-1 jamoasi turnir davomida Yamayka (4:0), Peru (3,5-1,5), Avstriya (3,5-1,5), Turkiya (2,5-1,5) va Vengriya (4:0) kabi jamoalar ustidan ğalaba qozongandi.
6-turdan keyin Özbekiston-1 jamoasi oçkolari sonini 12 taga yetkazgan holda birinçi örinni mustahkamladi. Hindiston esa 10 oçkosi bilan qoldi va kuçli uçlikni tark etdi. Bu turda Germaniyani mağlub etgan Xitoy hamda Erondan ustun kelgan Armaniston 11 tadan oçko bilan ikkinçi va uçinçi örinlarni bölişib turibdi.

Maʼlumot uçun, sönggi uç Olimpiada davomida Özbekiston va Hindiston tört marta töqnaşgan. Oldingi uçta özaro bahsda durang qayd etilgandi, Samarqanddagi ğalaba esa Özbekiston uçun özaro uçraşuvlardagi ilk ğalaba böldi.
Endi Özbekiston-1 jamoasi 23-sentabr kuni turnir jadvalidagi eng yaqin taʼqibçisi Xitoy bilan bellaşadi.








