UzAuto Motors'ni xususiylaştiriş oçiq va raqobat asosida amalga oşiriladi. Bunda ayrim kompaniyalarga, jumladan, Amerikaning General Motors kompaniyasiga aktivni sotib oliş uçun imtiyoz yoki ustuvor huquq berilmaydi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi matbuot xizmati Spot’ga maʼlum qilgan.

Davaktiv maʼlumotiga köra, xususiylaştirişda milliy qonunçilik talablariga javob beradigan har qanday investor iştirok etişi mumkin. Aktivni xalqaro savdolar orqali, jarayonning oçiqligi va şaffofligini taʼminlagan holda sotiş rejalaştirilmoqda.

UzAuto Motors'ni sotişga tayyorgarlik avval tasdiqlangan xususiylaştiriş dasturi doirasida allaqaçon boşlangan. Davaktiv xalqaro konsultantlarni jalb qilgan, ular hozirda kompaniyada due diligence tekşiruvini ötkazib, sotuv uçun zarur hujjat va materiallarni yiğmoqda.

Konsultantlarning tegişli xulosalari va takliflari olingaç, agentlik aktivni sotiş jarayoni boşlanganini rasman eʼlon qiladi.

Avvalroq, UzAuto Motors Chevrolet brendi ostida avtomobillar işlab çiqaradi va texnologik jihatdan GM litsenziyalari hamda butlovçi qismlariga boğlangan. Şu jihatdan ehtimoliy xaridor Amerika kompaniyasi bilan birga işlaydigan taşkilotlardan biri bölişi mumkinligi taxmin qilingandi.