Mavzuni Kun.uz studiyasida siyosatşunoslar Anvar Yöldoşev va Kamoliddin Rabbimov muhokama qildi.

- Nega Qozoğiston prezidenti “TDT plyus” formatiga Rossiyani taklif qildi?

Anvar Yöldoşev: [Putinning matbuot kotibi] Peskov ham bu taşabbusni qöllab-quvvatladi. Rossiyani Turkiy Davlatlar Taşkilotiga taklif qiliş masalasi taşkilot sammitidagi eng köp muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Taşabbusga qarşi çiqqanlar Rossiya slavyan davlati ekani va uning turkiy dunyoga mansub emasligini asos qilib keltirdi. Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev esa Rossiyaning taşkilotga qöşilişi TDT nufuzini oşirişini taʼkidladi. Uning asosiy dalili şuki, Rossiyada ham turkiy tillarda sözlaşuvçi millionlab aholi yaşaydi. Jumladan, tatarlar, boşqirdlar, tuvaliklar va boşqa turkiy xalqlar Rossiyaning turli hududlarida istiqomat qiladi.

Şunga qaramay, men Rossiyaning TDTga taklif etilişini ehtimoldan yiroq deb hisoblayman. Töqayevning bu fikrini muhokama qiliş mumkin, biroq Rossiyaning Turkiy Davlatlar Taşkilotiga qöşilişi masalasi jiddiy savollar tuğdiradi. Çunki Rossiyada turkiy xalqlar yaşaşi mamlakatning özini turkiy davlatga aylantirmaydi. Şu bois slavyan davlati bölgan Rossiyaning TDT tarkibiga qöşilişi taşkilotning mohiyati va maqsadlariga qançalik mos kelişi – bahsli masala.

Kamoliddin Rabbimov: Mening kuzatişlarimga köra, dunyodagi qudratli hokimiyat markazlari turkiy dunyoning birlaşişiga qatʼiy qarşi. Bu faqat Rossiya yoki Xitoyga tegişli emas. Ğarbda ham Turkiya, xususan, Erdöğan boşçiligidagi turkiy dunyoning qudratli geosiyosiy öyinçiga aylanişini va integratsiyalaşuvini istamaydigan kuçlar bor. Avvalo, turkiy dunyoning uyğonişi, birlaşuvi va mustaqil global kuçga aylanişini Rossiya ham, Xitoy ham istamaydi. Mintaqadagi ayrim davlatlar ham bunga qarşi bölişi mumkin. Bugun turkiy dunyoda madaniy integratsiyadan iqtisodiy integratsiyaga ötiş jarayoni kuzatilmoqda.

Vaqt ötişi bilan madaniy va iqtisodiy hamkorlik yanada rivojlansa, bu tabiiy ravişda harbiy-strategik hamkorlikka ham yöl oçadi. Çunki turkiy davlatlar örtasida xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi hamkorlik allaqaçon sezilarli darajada kuçaygan. Bu borada Turkiy Davlatlar Taşkiloti doirasida ham muayyan platformalar mavjud, biroq hamkorlik köproq ikki tomonlama munosabatlar orqali rivojlanmoqda.

Bundan bir hafta oldin Toşkentda turkiy davlatlar muhandislarining yirik yiğilişi bölib ötdi. Tadbir doirasida Turkiya va boşqa turkiy davlatlarning mudofaa sanoati mahsulotlari namoyiş etildi. U yerda jiddiy loyihalar bilan tanişiş mumkin edi. Xususan, Turkiyada işlab çiqarilayotgan tanklar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va NATO standartlariga mos zamonaviy harbiy texnikalar böyiça taqdimotlar ötkazildi. Ularning texnik imkoniyatlari va parametrlari namoyiş etildi, şu bilan birga, turli muzokaralar ham olib borildi.