Naked Science naşri Visual Capitalist infografikasiga tayanib xabar berişiça, reyting OPEKning 2026-yilgi yillik statistik byulleteni maʼlumotlari asosida tuzilgan. Hisob-kitoblarga xom neft, jumladan, gaz kondensati hamda neft mahsulotlari kiritilgan.
Reytingda eksport çegirib taşlanmagan yalpi import hajmi aks ettirilgan. Şu sababli import qilingan neftning bir qismini qayta işlab, yana xorijga sotadigan Singapur va Niderlandiya kabi davlatlar ham yuqori örinlardan joy olgan.
Xitoy yetakçi, AQŞ ikkinçi örinda
Xitoyning 2025-yildagi neft va neft mahsulotlari importi kuniga 13,8 million barrelni taşkil etgan. Bu ikkinçi örindagi AQŞ körsatkiçidan qariyb ikki baravar köp. Xitoyning faqat xom neft importi esa kuniga rekord darajadagi 11,6 million barrelga yetgan.
AQŞ yirik importçi bölişi bilan birga, katta hajmda neft va neft mahsulotlari eksport ham qiladi. 2025-yilda mamlakatning uşbu eksporti kuniga 10,7 million barrelni taşkil etgan.
Amerika neftni qayta işlaş zavodlarining köpçiligi dastlab oğir neftni qayta işlaşga möljallab qurilgan. Şu bois AQŞ xorijdan neft sotib olişda davom etmoqda. Amerika importining qariyb 57 foizi Kanada hissasiga töğri keladi. Ayni paytda yengilroq slanets nefti va ortiqça yonilği hajmlari eksportga yönaltiriladi.
Yirik importçilar beşligi
Reytingda uçinçi örinni kuniga 6,2 million barrel import bilan Hindiston egallagan. Undan keyin Janubiy Koreya - 3,8 million barrel va Yaponiya - 3,3 million barrel bilan qayd etilgan.
Xitoy, AQŞ, Hindiston, Janubiy Koreya va Yaponiya birgalikda jahon neft importining 46 foizini taşkil etgan.
Birinçi beşlikdan taşqarida Singapur va Niderlandiyaning körsatkiçlari ham yuqori. Ular mos ravişda kuniga 2,8 million va 2,7 million barrel import qilgan. Har ikki mamlakat yirik neftni qayta işlaş va savdo markazi bölib, olib kirilgan neftning salmoqli qismini qayta işlab, reeksport qiladi.
Osiyo Hörmuz böğozidagi uzilişlarga sezgir
2025-yilda Osiyo–Tinç okeani mintaqasi mamlakatlari kuniga 38,2 million barrel neft va neft mahsulotlari import qilgan. Bu jahon körsatkiçining 50,1 foiziga teng.









