AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio oktabr oyida yirik biznes-delegatsiya boşçiligida Özbekistonga taşrif buyuradi. Samarqandda u C5+1 uçraşuvida iştirok etadi hamda savdo, investitsiyalar va iqtisodiy hamkorlik böyiça muzokaralar ötkazadi.

Bölajak taşrif haqida Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça AQŞ maxsus vakili Serjio Gor maʼlum qildi. Uning sözlariga köra, delegatsiya tarkibida 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari vakillari bor.

Taşrifdan közlangan asosiy maqsad AQŞ va Özbekiston örtasidagi savdo hamda investitsiyaviy imkoniyatlarni kengaytirişdan iborat. Amerika tomoni, şuningdek, Markaziy Osiyoda iqtisodiy modernizatsiyani qöllab-quvvatlaş va işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş masalalarini muhokama qiliş niyatida.

Taşrif doirasida Rubio Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston taşqi siyosat idoralari rahbarlari iştirokidagi C5+1 formatidagi vazirlar uçraşuvida qatnaşadi.

Muzokaralarda mintaqaning iqtisodiy boğliqligi, energetika xavfsizligi hamda Markaziy Osiyo davlatlari va AQŞ boşqa umumiy ustuvor yönalişlarini muhokama qiliş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, AQŞ Davlat kotibi Özbekiston rahbariyati va mintaqadagi hamkasblari bilan uçraşadi. Savdo hajmini oşiriş, xususiy investitsiyalarni jalb qiliş va iqtisodiy şeriklikni yanada rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratiladi.