Uçinçi jihoz

Yangi uy qurgan yoki köçib ötgan oila avvalo nimalarni oladi? Gaz plita, muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, televizor. Bu röyxatda kitob javoni kamdan kam uçraydi.

Sababi – köpinça mablağda emas, odatda. Kitob javoni hanuzgaça «köp öqiydiganlar»ning buyumi, ziyolilik belgisi sifatida qabul qilinadi. Muzlatkiçsiz uyni tasavvur qiliş qiyin, kitobsiz uy esa heç kimni ajablantirmaydi.

Özbekistondagi eng yirik internet-dökonlaridan biri - Asaxiy boşlagan «Har bir xonadonda kutubxona» taşabbusi aynan şu qaraşni özgartirişni maqsad qilgan: uy kutubxonasi muzlatkiç va televizor qatorida har bir oilaning oddiy jihoziga aylanişi kerak.

Köp öqiydiganlar uçun emas

Taşabbus kitobxonlar uçun emas, aksinça, uyida hali kitob javoni bölmagan oilalar uçun öylab topilgan. Bunday oilalar uçun eng katta tösiq - «qaysi kitobdan boşlaş kerak?» degan savol.

Şuning uçun kitoblar oldindan tanlab, bitta töplamga jamlangan. Oila faqat buyurtma beradi - 50 ta kitob eşigigaça yetkazib beriladi.

Töplamda nimalar bor

«Kutubxona» töplami oilalar ehtiyojidan kelib çiqib bir yönalişni qamrab oladi. Masalan:

•     Özbek adabiyoti: Abdulla Qodiriyning «Ötkan kunlar» va «Mehrobdan çayon», Çölponning «Keça va kunduz», Ötkir Hoşimovning «Ikki eşik orasi», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», Xudoyberdi Töxtaboyevning «Sariq devni minib».

•     Jahon adabiyoti: Jorj Oruellning «1984» va «Molxona», Paulo Koeloning «Alkimyogar», Rey Bredberining «Farengeyt böyiça 451°».

•     Hayot, pul va şaxsiy rivojlaniş haqida: Jeyms Klirning «Atom odatlar», Devid Baxning «Latte omili », Malkolm Gladuyellning «Zukkolar va landavurlar»

Tadqiqotlar nima deydi?

Uydagi kitoblar bola kelajagiga qançalik taʼsir qilişi sotsiologlar tomonidan önlab yillardan beri örganiladi.

27 mamlakatda 20 yil davomida töplangan maʼlumotlarga tayangan tadqiqot (M. Evans va hamkasblari, Research in Social Stratification and Mobility, 2010) şuni körsatdiki, kutubxonasi bor uyda ösgan bola kitobsiz uyda ösgan tengdoşiga nisbatan örtaça 3,2 yil köproq taʼlim oladi. Bu farq universitet maʼlumotli ota-ona va savodi zörğa çiqqan ota-ona farzandlari orasidagi farq bilan teng.