Kaspiy dengizidagi öquv maşğuloti çoğida 14 nafar harbiy xizmatçi halok bölişi ortidan Qozoğiston mudofaa vazirligining beş nafar amaldori hibsga olindi.
Qozoğiston içki işlar vazirligi maʼlumotiga köra, beş nafar rasmiy şaxs – Harbiy-dengiz kuçlari qömondonining birinçi örinbosari, ikkita harbiy qism komandiri, piyodalar rotasi boşliği hamda kater komandiri xizmatga sovuqqonlik bilan qaraşda va navigatsiya qoidalarini buzişda gumonlanmoqda.
Gumonlanuvçilarning barçasi Aqtau şahri politsiya boşqarmasining vaqtinça saqlaş izolyatoriga joylaştirilgan. Sudga qadar tergov Qozoğiston Içki işlar vazirligi va Boş prokuraturasi nazoratiga olingan.
Tergovçilar ular tomonidan qabul qilingan qarorlar qançalik töğri bölgani, xavfsizlik talablariga qançalik rioya etilgani, ob-havo şaroitlari qançalik hisobga olingani, şuningdek, katerning texnik holati qanday bölganini tekşirmoqda.
Tergov davomida işda yangi figurantlar paydo bölişi mumkinligi istisno etilmayapti.
24-sentabr kuni Kaspiy dengizida ötkazilgan maşğulot çoğida ob-havo keskin yomonlaşişi oqibatida fojia röy berdi. Bu vaqtda sohilga patrul katerdan desant tuşiriş böyiça maşğulot ötkazilayotgandi, kuçli şamol va tölqin 17 nafar harbiyni dengiz içkarisiga olib ketgan. Ulardan uç nafari qutqarilgan, 14 nafari halok bölgan. Halok bölganlardan 12 nafari muddatli harbiy xizmatni ötayotgan yoş askarlar edi, şuningdek, qurbonlar orasida bir leytenant va bir serjant ham bor.









