Boş prokuratura Toşkent viloyatidagi 50-son manzil-koloniyada jazo muddatini ötayotgan mahkum qiynoqqa solinib, söng asossiz ravişda intizomiy bölinmaga joylaştirilganiga oid iş yuzasidan ma’lumot berdi.
Piskent tumanidagi koloniyada jazo muddatini ötayotgan mahkum koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, 10 sutka intizomiy bölinmaga joylaştirilgani töğrisida xabar berilgandi.
Aniqlanişiça, 36 yoşli mahkum T.I.ga sudning tegişli hukmiga köra, ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, u manzil-koloniyaga 2024 yil 1 dekabr jazo muddatini ötaş uçun keltirilgan. T.I. koloniyadagi içki tartib qoidalarini buzganligi sababli koloniya boşliğining 2025 yil 28 fevraldagi qaroriga asosan ön sutka intizomiy bölinmaga kiritiş tariqasidagi intizomiy jazoga tortilgan.
Qaror Toşkent maxsus prokuratura tomonidan örganilib, 4 mart kuni intizomiy jazoni bekor qiliş böyiça protest keltirilgan. 5 mart kuni esa mahkum T.I. soğliğidan şikoyat qilib, Piskent tumani tez tibbiy yordamga murojaat qilgan va 15 mart kuniga qadar Terapeya bölimida «ötkir bronxit va surunkali tanzilit kasalligi» taşxisi bilan davolangan.
Piskent tumani tibbiyot birlaşmasining 1798/31-sonli tibbiy bayonnomasidan köçirmada mahkum T.I.da tan jarohatlari borligi aniqlanmagan.
Prokuratura tomonidan mahkum T.I. koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganligi holati örganilib, voqea joyi közdan keçirilgan hamda mahkum soğliğidan şikoyati yöqligi sababli sud-tibbiy ekspertizasidan ötişdan boş tortgan.
Koloniya xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş uçun xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Toşkent maxsus prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.












