46-Butunjahon şaxmat olimpiadasining sönggi – 11-turida Özbekiston asosiy jamoasi Ukraina bilan töqnaş keladi.
Ukraina 10-turda Xitoyni 3:1 hisobida mağlub etdi va 16 oçko bilan turnir jadvalida törtinçi öringa kötarildi. Uşbu jamoa Igor Kovalenko, Vasil Ivançuk, Igor Samunenkov hamda Roman Degtiyarov kabi kuçli şaxmatçilardan tarkib topgan.
10 turdan keyin Özbekiston-1 18 oçko bilan yakka peşqadam bölib turibdi. Eng yaqin taʼqibçi – Hindistonda 17 oçko bor.

Hindistonning sönggi turdagi raqibi esa turnir jadvalida 5-örinda joylaşgan Vengriya böladi.

Özbekiston Ukraina ustidan ğalaba qozoniş orqali, boşqa natijalardan qatʼi nazar Olimpiada çempioniga aylanadi.
Şuningdek, Özbekistonni durang natija ham qoniqtirişi mumkin, bu holda Hindiston ğalaba qozonib, oçkolar soni böyiça tenglaşib olgan taqdirda ham qöşimça körsatkiçlarga qaraladi. Hozir Özbekistonda 378, Hindistonda 343,5 (katta ustunlik).
Özbekistonda yutqazsa ham, çempionlik uçun imkoniyat saqlanib qoladi. Buning uçun Hindiston durang yoki mağlubiyat qayd etişi kerak böladi.
Bahslar soat 11:00 da boşlanadi.









