Prezident farmoniga muvofiq, I tarif guruhi isteʼmolçilari uçun elektr energiyasi tariflarini sutka davri böyiça hisoblaş tartibi özgartiriladi.
Yangi tartibga köra, soat 09:00 dan 17:00 gaça bölgan yarim tiğiz davrda elektr energiyasi uçun tölovda bazaviy tarifga nisbatan 1,5 baravar kamayuvçi koeffitsiyent qöllaniladi. Bu amaldagi tarif böyiça 1 kVt⋅soat uçun 1100 sömdan emas, 733 sömdan.
Tungi davrda - soat 22:00 dan 06:00 gaça bazaviy tarif amal qiladi.
Qayd etilişiça, yangi tartib tadbirkorlik subyektlarini qöllab-quvvatlaş, ularga kunduzgi vaqtda elektr energiyasidan yanada qulay şartlarda foydalanib, işlab çiqariş hajmlarini oşiriş uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.
Eslatma: I tarif guruhiga asosiy va zaxira elektr taʼminoti uçun ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bölgan yirik isteʼmolçilar kiradi.








