Birinçi yarim yillik yakunlariga köra, Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 84,1 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu bir yil avvalgidan 11,9 mlrd dollarga yoki 16,5 foizga köp. Davlat qarzi 41,7 mlrd dollarga, korporativ qarz 42,4 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda Markaziy bank hisobotida keltirib ötilgan.

2025-yilning 1-iyulidan 2026-yilning 1-iyuligaça bölgan davrda davlat taşqi qarzi 36,8 mlrd dollardan 41,7 mlrd dollargaça yoki 13,3 foizga oşgan. Korporativ taşqi qarz esa 35,4 mlrd dollardan 42,4 mlrd dollargaça yoki 19,8 foizga köpaygan. Yil boşidan buyon bu körsatkiçlar mos ravişda taxminan 1,2 mlrd va 700 mln dollarga ösgan.

«Korporativ taşqi qarz tarkibida xususiy sektor, jumladan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat kafolatisiz jalb etilgan taşqi qarzlar aks ettiriladi. Bunda korporativ taşqi qarz böyiça davlat majburiyati mavjud emas, ular böyiça tölovlar xöjalik subyektlari hamda banklarning öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi», deyiladi Markaziy bank izohida.

Taşqi qarz miqdori qanday özgaryapti?

2025-yilda Özbekiston tarixida eng yuqori taşqi qarz ösişi qayd etildi – 18,1 mlrd dollar. Şuningdek, pandemiya davridagi 2020-yilda (9,2 mlrd dollar), 2023-yilda (9,8 mlrd dollar) hamda 2024-yilda (10,8 mlrd dollar) ham taşqi karzning keskin oşişi kuzatilgandi. Qonun bilan tartibga soliş mexanizmlarining joriy qilinişi davlat taşqi qarzining oşişini nisbatan möʼtadillaştirdi. Masalan, davlat taşqi qarzining ösişi 2020-yilda 5,5 mlrd, 2021-yilda 2,3 mlrd, 2022-yilda 2,1 mlrd, 2023-yilda 3,9 mlrd, 2024-yilda 4,2 mlrd, 2025-yilda esa 6,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu davrda umumiy ösiş qariyb 90 foiz böldi. Korporativ qarz miqdorida esa keskin ösiş kuzatilyapti. Xususan, 2020-2025 yillar oraliğida bu körsatkiç 3,3 barobarga yoki 12,5 mlrd dollardan 41,7 mlrd dollargaça oşdi.

Yalpi taşqi qarzning YaIMga nisbatan uluşi

Umumiy taşqi qarzning yalpi içki mahsulotga nisbatan uluşi har qanday davlatning makroiqtisodiy soğlomligini körsatuvçi eng muhim indikatorlardan biridir. Bu körsatkiç davlatning öz qarz majburiyatlarini iqtisodiy rivojlanişga zarar yetkazmagan holda, öz vaqtida tölay oliş qobiliyatini aks ettiradi. Fitch, S&P va Moody's kabi xalqaro reyting agentliklari davlatning kredit reytingini belgilaşda aynan şu nisbatga tayanadi. Qarz yuki past va barqaror bölgan davlat xalqaro moliya bozorlaridan arzonroq foizlarda va uzoqroq muddatga kredit oliş imkoniyatiga ega böladi. Özbekiston misolida oladigan bölsak, umumiy taşqi qarzning YaIMga nisbati 2021-yilda 48,5 foizni taşkil etgan bölsa, 2022-yilda iqtisodiyotning qarz qoldiğiga nisbatan tezroq oşişi hisobiga 46 foizgaça qisqargandi. Keyingi 3 yil davomida esa muttasil ravişda ösiş kuzatilib, bu körsatkiç 2025-yil yakunida 55,9 foizga yetdi.