Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
Maymun pullarni tomlar, daraxtlar va hatto elektr simlariga sochib tashlagan.
Foto: AP
Peruda politsiya bir nechta uyga zarar yetkazgan g‘ayrioddiy qoidabuzarni qo‘lga oldi. Xodimlar tartibsizlik qilib, pul o‘g‘irlagan qochqin maymunni ushladi. Bu haqda Peru o‘rmon xo‘jaligi va yovvoyi tabiat milliy xizmati xabar berdi.
Ika shahri aholisi politsiyaga murojaat qilib, tomlar, daraxtlar va hatto elektr simlarida sochilib yotgan pullarni ko‘rganini xabar qilishgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘rilik va tartibsizliklarni egasidan qochib ketgan uy maymuni sodir etgan.
Gumonlanuvchi maymun (qora boshli erkak kaputsin) bir nechta uyga kirib, xonalarni ostin-ustun qilgan. Oxir-oqibat “jinoyatchi” qo‘lga olinib, daraxtdan tushirildi.
Voqeani o‘rganish davomida rasmiylar jonivor mahalliy emasligini, balki Amazoniya hududlarida keng tarqalgan turga mansubligini aniqladi. Maymunning belidagi arqon izlari uning uyda boqilganidan dalolat berardi.
Rasmiylarning aytishicha, hayvon haddan tashqari qo‘lga o‘rganib qolgani tufayli politsiya uni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborishga jur’at etmagan. Hozirda maymun Ika shahridagi mahalliy hayvonot bog‘ida saqlanmoqda. Jonivor u yerda qoladimi yoki boshqa qo‘riqxonaga ko‘chiriladimi, hozircha noma’lum.
Mavzuga oid
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026
Germaniya tarixidagi yirik o‘g‘rilik: politsiyada hali ham “jiddiy iz” yo‘q
09:20 / 02.01.2026
Germaniyada politsiya xodimlariga hujumlar bo‘yicha tezkor sudlar o‘tkazish talab qilindi
17:59 / 29.12.2025