Paramount 6-oktabr kuni bitim yakunlanganini eʼlon qildi. Bu AQŞ mediaindustriyasi tarixidagi eng yirik birlaşuvlardan biri hisoblanadi.

Bitimni yakunlaş yölidagi sönggi tösiq bir neça kun avval bartaraf etilgan: Kaliforniyadagi sudya kompaniyaning 12 ştat bilan kelişuvini maʼqullagan.

Uşbu ştatlar ikki yirik kinostudiyaning birlaşişi raqobatni çeklaşi mumkinligidan xavotirlanib, bitimga qarşi çiqqan edi. Kelişuv doirasida Paramount AQŞ hududida kino işlab çiqarişga qöşimça sarmoya kiritiş majburiyatini olgan.

Endi yangi mediaguruh oldida kompaniyalar faoliyatini birlaştiriş va önlab milliard dollarlik qarzlarni tölaş vazifasi turibdi. Hollivudda bitim ortidan iş örinlari ommaviy qisqarişi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda.

Birlaşuvning siyosiy oqibatlari, ayniqsa CNN tahririy mustaqilligiga taʼsiri ham bahslarga sabab bölmoqda.

Paramount 2025-yildan buyon texnologik milliarder Larri Ellison oilasi nazoratida. Oracle korporatsiyasi asosçisi bölgan Ellison AQŞ prezidenti Donald Trampni bir neça bor oçiq qöllab-quvvatlagan va uning saylov kampaniyasiga mablağ ajratgan.

Paramount avvaldan CBS telekanaliga egalik qilar edi. Warner Bros. Discovery xaridi orqali kompaniya CNN ustidan ham nazoratni qölga kiritdi. Tramp esa CNN'ni özi va maʼmuriyati haqida yolğon xabarlar tarqatişda bir neça bor ayblagan.

Şu sababli bitim atrofidagi muhokamalar faqat kino bozoridagi raqobat bilan çeklanmayapti. Yirik axborot telekanallarining bir mulkdor nazoratida jamlanişi va ularning tahririy mustaqilligini saqlaş masalasi ham eʼtibor markazida turibdi.