Paramount Skydance kompaniyasi Warner Bros. Discovery’ni 110 mlrd dollarga sotib olişini e’lon qildi. “Paramount Skydance Corporation va Warner Bros. Discovery, Inc. bugun Paramount WBD’ni sotib olişiga muvofiq birlaşiş böyiça yakuniy kelişuv tuzilganini e’lon qildi”, — deyiladi Paramount saytida 27 fevral, juma kuni e’lon qilingan press-relizda.
Keça Netflix striming kompaniyasi 2025 yil dekabrida tuzilgan Warner Bros. Discovery’ni 82,7 mlrd dollarga sotib oliş haqidagi kelişuvdan çiqişga qaror qilgani ma’lum böldi. Joriy yil fevral oyida Paramount Warner Bros. Discovery’ga kompaniyalarni birlaştiriş böyiça yanada foydali şartlarni taklif qilgan. Şundan keyin Netflix aktiv uçun kuraşni davom ettirişdan voz keçgan.
Yangi kelişuv şartlariga köra, Paramount Warner Bros. Discovery’ning muomaladagi har bir aksiyasi uçun 31 dollar tölaydi va kompaniya qarzlarini öz zimmasiga oladi. Bu qarzlar qatoriga Netflix’ga amaldagi birlaşiş şartnomasi bekor qilingani uçun 2,8 mlrd dollar kompensatsiya tölanişi ham kiradi.
Reuters agentligi yozişiça, Paramount va Warner Bros. Discovery direktorlar kengaşlari bitimni yakdil ma’qullagan. Kelişuv 2026 yilning uçinçi çoragida yopilişi (ya’ni rasman yakunlanişi) kutilmoqda.
Warner Bros. Discovery +ollivudda qariyb 100 yil davomida suratga olingan film va seriallarning ulkan arxiviga bölgan huquqlarga ega. Kompaniya, şuningdek, “+arri Potter”, “Uzuklar hukmdori”, “Taxtlar öyini” kabi franşizalarga, HBO Max striming xizmatiga, CNN va Discovery telekanallariga ham egalik qiladi. Paramount boş direktori Devid Ellison ikki “jahon darajasidagi studiya”ni birlaştirib, kompaniya “tomoşabinlar, hamkorlar va aksiyadorlar uçun yanada kattaroq qiymat” yaratişini bildirdi.
Paramount konglomeratiga 2025 yildan beri AQŞ prezidenti Donald Trampga yaqin deb ataladigan Ellisonlar oilasi egalik qiladi. Larri Ellison — ma’lumotlar bazalari va bulutli texnologiyalar bozoridagi asosiy öyinçilardan biri bölgan va AQŞ hukumati uçun yirik pudratçi hisoblanadigan Oracle texnologik korporatsiyasining asosçisi. Xususan, Oracle Pentagon uçun muhim IT-infratuzilmani yetkazib beradi.
Warner Bros. Discovery’ni sotib oliş böyiça yangi bitimni endi antimonopoliya regulyatorlari ma’qullaşi kerak. Agar şunday bölsa, Paramount, jumladan, CNN telekanali ustidan nazoratni ham qölga kiritadi. Donald Tramp bu telekanalni bir neça bor özi va ma’muriyati haqida “feyk”lar tarqatişda ayblab kelgan.








