Hollivudlik aktyor Silvestr Stallone Warner Bros. Entertainment’ni sudga berdi. U kompaniyani "Buzğunçi" ("Demolition Man, 1993) filmidan tuşgan daromadlardan uluş tölamaganlikda ayblamoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma'lumotlarga köra, Los-Anjyeles sudiga yuborilgan da'vo arizasida aktyor şartnoma bandlariga köra, kartina umumiy hisobda 125 mln. dollardan köproq mablağ işlab topsa, bu mablağning 15 foizini olişi kerak bölgan. Stallonega tegişli Rogue Marble Productions kompaniyasi bayonotiga köra, "Buzğunçi" fantastik jangari filmi jahon prokatida 159 mln. dollar işlab topgan.
Biroq Warner Bros. byudjyeti 57 mln. dollar bölgan film öz xarajatlarini qoplamagani haqida ma'lum qilgan. Şundan söng, Rogue Marble Productions voqeaga oydinlik kiritişni talab qildi, kinostudiya esa Stallonega heç qanday tuşuntirişlarsiz 2,8 mln. dollarlik çek yuborgan.
"Kinostudiyalar xasisligi bilan maşhur", - deya Rogue Marble bayonotidan iqtibos keltiradi Bloomberg.
Bloomberg ma'lumotlariga köra, 70 yoşli aktyor sudda ğalaba qozonib, kinostudiyalarning şunday aldovli xatti-harakatiga çek qöyiş niyatida.








