Umumiy maydoni 39 ming kvadrat metr, hududi esa 4,6 gektar boʻlgan majmua qurilish, taʼmirlash va interyer uchun zarur mahsulot va xizmatlarni bir joyda jamlashga moʻljallangan. Markazning meʼmoriy va funksional konsepsiyasida xaridorlar uchun qulaylik, tezkorlik va mahsulotlardan foydalanish imkoniyati asosiy omillardan biri sifatida koʻzda tutilgan.
Pavilion savdo-qurilish majmuasida qurilish materiallarini xarid qilish bilan bogʻliq bir nechta xizmatlar bir hududda jamlangan:
Mahsulotlar assortimenti. Ixtisoslashgan doʻkonlarda quruq qurilish qorishmalari, armatura, gʻisht va gipsokartondan tortib, sanitariya-texnika mahsulotlari, yoritish uskunalari, boʻyoq materiallari, pol qoplamalari va dekor elementlarigacha boʻlgan mahsulotlar mavjud.


Ombor va logistika. Majmua hududidagi omborlar xarid qilingan mahsulotlarni bitim tuzilgan kunning oʻzidayoq joʻnatish imkonini beradi. Bu yetkazib berishni kutish vaqtini qisqartirishga xizmat qiladi.

Taʼmirlash xizmatlari. Majmua hududida taʼmirlash brigadalari, yetkazib berish xizmati va boshqa servis-xizmatlar faoliyat yuritadi. Ular xarid qilingan mahsulotlardan foydalanib, taʼmirlash ishlarini tashkil etishda yordam beradi.
Transport va logistika. Tashrif buyuruvchilar uchun 800 ta avtoulovga moʻljallangan bir sathli avtoturargoh mavjud. Tijorat hamkorlari va yuk transporti uchun esa alohida kirish yoʻllari hamda yuk tushirish hududlari ajratilgan.

Majmua infratuzilmasi. Uch qavat boʻylab yopiq galereyalar, navigatsiya tizimi, iqlim nazorati va tabiiy yoritish koʻzda tutilgan. Bu doʻkonlar oʻrtasida turli ob-havo sharoitlarida harakatlanish imkonini beradi.












