Klinik psixolog Elçin Tolibov pedofiliyaga moyil bölgan şaxslarning beliglari haqida gapirdi. Uning taʼkidlaşiça, pedofiliyaga moyil bölgan ayrim şaxslar maktab, boğça va bolalar köp böladigan boşqa muhitlarda bölişga intilişadi.

«Aslida pedofilizmga moyil bölgan şaxslar birinçi navbatda özini öşa muhitda köproq topişga harakat qilişadi. Masalan bolalar bor bölgan zonalar: maktab, boğça, bolalar köp bölgan muhitlar topişga harakat qilişadi va aynan öşa yerga köproq faoliyat yuritişga moyil bölişadi. Birinçi mezonlardan biri hisoblanadi. Va aynan qöşimça sifatida aytişimiz mumkin pedofilizmga moyil bölgan insonlar köpinça öşa aldamçilikka moyil, yoki bölmasam aynan boşqa xulq-atvor buzilişlari bilan köpinça birgalikda keladi.

Hozirgi paytgaça aynan öşa olimlar, tadqiqotlar pedofilizmning aniq bir sabablarini oçiqlab beriş olmagan. Turli xildagi taxminlar bor. Aynan hattoki şunaqa bir nazariya ham borki özi yoşligida jinsiy zöravonlikka uçragan insonlarda pedofilizmga moyillik xavfi yuqoriroq bölişi haqidagi tadqiqotlar ham mavjud hisoblanadi. Birinçi navbatda buni inobatga olişimiz kerak. Ikkinçidan bu haddan taşqari öşa zöravonlik muhitida yaşaş. Bu jinsiy bölişi mumkin, jismoniy zöravonlik bölişi mumkin. Mana şu zöravonlik muhitida yaşaş ham insonni aynan bolalarga nisbatan öşa pedofilizmga moyillikni kuçaytirişi mumkin.

«Zöravonlik xulq-atvor buzilişi bilan boğliqmi yoki pedofiliyami - birinçi navbatda, şuni ajratib olişimiz kerak. Masalan, ayrim hollarda inson alkogol yoki narkotik moddalar taʼsirida ham bunday xatti-harakatga yöl qöyişi mumkin. Bu holatlarni ham bir-biridan farqlaş lozim, çunki ular alohida-alohida diagnozlar va taşxis mezonlariga ega», - deydi klinik psixolog.

Töliq körsatuvni Kun.uz’ning Youtube sahifasida köring.