Yirik texnologik kompaniyalar faoliyatini örganadigan Tech Transparency Project loyihasi Meta faoliyatida reklama joylaştirişda qoidalarga amal qilinmaganini aniqladi. Loyihaning 2026-yil 8-sentabrda eʼlon qilingan hisobotiga köra, tadqiqotçilar yil boşidan buyon Facebook va Instagram’da bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik aks etgan materiallarni öz içiga olgan 332 ta reklamani aniqlagan. Ularning aksariyatida kattalar va bolalarning oddiy surati sunʼiy intellekt yordamida yeçintirilib, jinsiy mazmundagi video yoki rasmga aylantirilgan. Bu materiallar faqat foydalanuvçilarning oddiy postlari emas, balki pul tölab joylaştirilgan reklamalar bölgan. Tadqiqotçilar bu haqida kompaniyaga xabar berganidan keyin ular platformalardan olib taşlangan.

Taqiqlangan reklama qanday qilib platformaga çiqqan?

Meta reklama joylaştirilişidan oldin uni tekşirişini aytadi, kompaniyaning reklama standartlarida şaxslarni, xususan, bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilişga olib keluvçi yoki ularga xavf tuğdiruvçi kontent taqiqlangan. Biroq TTP tadqiqotida aniqlangan 332 ta reklamadan körinyaptiki, bu tekşiruv tizimi ularni öz vaqtida töxtata olmagan. Tadqiqotçilar reklamalarni Meta’ning oçiq reklama kutubxonasi (Ad Library) orqali aniqlagan. Bu vosita ayrim hududlarda tarqatilgan reklamalarni haligaça köriş imkonini beradi.

TTP yana bir muammoga eʼtibor qaratgan: 113 ta reklama böyiça qoidabuzarlik haqidagi qaydlarda bolalarga taalluqli qoida buzilgani oçiq aytilmagan. Ayrim hollarda kattalarga oid kontent qoidalari keltirilgan yoki umumiy izoh bilan çeklanilgan. Bu avtomatlaştirilgan tekşiruv tizimi har doim ham taqiqlangan materialni töğri aniqlay olmasligini körsatadi.

Reklamalar nimani tarğib qilgan?

TTP aniqlagan reklamalarning katta qismi sunʼiy intellekt yordamida tasvir va video yaratadigan ilovalarga yönaltirilgan. Ular insonning suratini SI orqali özgartiriş, kiyimsiz tasvirlaş yoki jinsiy mazmundagi videolar yaratiş imkonini beruvçi vositalar bölgan. Kompaniya bu reklamalarning katta qismi Xitoyda işlab çiqilgan ilovalar ekanini qayd etgan.

Bu yerda muammo sunʼiy intellektning özida emas, balki texnologiyadan boşqa odamlarning, ayniqsa bolalarning tasvirlarini ularning roziligisiz zararli maqsadlarda foydalaniş uçun xizmat qildirişda. Bolaning surati oçiq ijtimoiy tarmoqda joylaştirilgani uni har qanday maqsadda işlatiş mumkin degani emas. Ota-onalar farzandlarining suratlarini joylaştirar ekan, ular keyinçalik qanday maqsadlarda köçirilişi yoki özgartirilişi mumkinligini ham hisobga olişlari kerak.