«Telecom Soft» MÇJ yöl harakati qoidalarini avtomatik nazorat qiliş tizimlari uçun videokuzatuv uskunalari xarid qiliş böyiça elektron tanlov ötkazdi. Loyihaning boşlanğiç narxi 10 mlrd 316 mln söm etib belgilangan.
Tanlov natijalariga köra, Xitoyning «HAC Smart Technologies» kompaniyasi 657 ming dollar (7,76 mlrd söm) taklifi bilan ğolib deb topilgan. Ikkinçi iştirokçi -«HMN Smart» esa 698 ming dollar (8,24 mlrd söm) narx körsatib, zaxira ğolibi sifatida qayd etilgan. Şartnoma böyiça yakuniy bitim summasi 7,76 mlrd sömni taşkil qilgan.
Bir manzil - ikki «raqobatçi»
«Revizor» kanalining eʼtibor qaratişiça, yuqorida nomi keltirilgan ikki kompaniya boş ofisi bir manzilda joylaşgan: Tyanszin şahri TEDA hududi Second Avenue köçasi 62-uy MSD-B2 binosi.


Sayt menyulari, xizmat körsatiş bölimlari va loyihalar portfoliosi har ikki kompaniyada deyarli bir xil. Tanlov komissiyasi ikkala korxonani ham «Manfaatlar töqnaşuvi va affillanganlik holatlari mavjud emasligi» talabi böyiça «muvofiq» deb baholagan.
Maʼlumot uçun, «Telecom Soft» MÇJ 2023-yil 14-sentabr kuni röyxatga olingan. Faoliyat turi - boşqa toifalarga kiritilmagan professional, ilmiy va texnik faoliyat. Kompaniyaning 82,54 foiz uluşi «Özbektelekom»ga, 11,69 foiz uluşi «Granit» MÇJga, 2,06 foiz uluşi «Buzton» MÇJga, 2,06 foiz uluşi «Svyazsoorujeniya Stroy» MÇJga, 1,65 foiz uluşi «Global Optical Communication Uzbekistan» MÇJga tegişli.







