Buyuk Britaniyani tark etayotgan ultra boylar mamlakat uçun «160 milliard dollarlik muammo»ga aylandi. Milliarderlar indeksini tahlil qilgan Bloomberg şunday xulosaga keldi. 

2024-yilda Leyboristlar partiyasi hokimiyatga kelişi fonida badavlat qatlamga qaratilgan soliq siyosati özgarişlari Londonning global moliyaviy markaz sifatidagi maqomiga tobora jiddiy zarar yetkazmoqda. Öta boy qatlamga foyda keltirgan imtiyozlarning bekor qilinişi va yangi çeklovlar joriy etilişi mumkinligi haqidagi tinimsiz muhokamalar hukumat bilan elita örtasidagi munosabatlarni keskinlaştirdi. Şu bilan birga, mamlakat biznes yuritiş uçun avvalgidek qulay emas, degan tasavvur şakllandi.

«Hozir sodir bölayotgan voqealar - haqiqiy falokat. Millionerlar, milliarderlar va investitsiya jalb qiladigan ijobiy muhit yaratiş örniga, buning teskarisini qilyapmiz», deydi Britaniyaning Phones 4u telefon savdo tarmoği asosçisi, milliarder Jon Koduell.

Buyuk Britaniya tarixan boylik töplaş va köpaytiriş borasida öz imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelgan. UBS Group AG maʼlumotlariga köra, mamlakat dollar millionerlarining soni böyiça dunyoda beşinçi örinda turadi. Xususan, bu yerda 2,4 milliondan ortiq millioner yaşaydi.

Boylar çiqib ketişining iqtisodiyot uçun real oqibatlari bor. Hukumat maʼlumotlariga köra, Buyuk Britaniyada eng köp daromad topadigan aholining 1 foizi jami daromad soliği tuşumlarining qariyb 27 foizini tölaydi. Ular mamlakatni tark etişi bilan birga katta miqdordagi xarid qobiliyatini ham olib çiqib ketadi.

Köçib ketganlar röyxatidagi şaxslarning aksariyati özlariga tegişli boylikning asosiy egasi hisoblanadi. Baʼzilari esa Billionaires Index tomonidan kuzatiladigan boy oila vakili sifatida körsatilgan.  Bu guruhdagi öta boy insonlarning yarmi Monako, Şveysariya va Birlaşgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan qönib topişgan.

Leyboristlarning soliq islohotidagi  asosiy özgarişlardan biri non-dom rejimining bekor qilinişi böldi. Bu tartib ayrim şartlar asosida xorijdan olingan daromadlar uçun 15 yilgaça Britaniyada soliq tölamaslik imkonini berardi. Hukumat, şuningdek, meros soliği hamda xususiy bozorlardagi investitsiyalarni boşqaruvçi mutaxassislar daromadlariga solinadigan soliqlarni ham oşirdi.

Qirollikdan çiqib ketayotganlarning aksariyati xorijliklar bölib, ularning köpçiligi mamlakatga sönggi yillarda kelgan va bu yerga çuqur boğlanib ulgurmagan. Biroq Gretsiyaga köçib ketgan xej-fond boşqaruvçisi Kris Rokos Buyuk Britaniyada tuğilgan va mamlakatning eng yirik soliq tölovçilaridan biri bölgan. Bu esa «Butun umri Buyuk Britaniya bilan boğliq bölgan, şu mamlakatda tuğilib ösgan mahalliy boy qatlam ham mamlakatni tark eta boşlayaptimi?» degan savolni kun tartibiga olib çiqyapti.