Yaponiyada 1953-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinadigan tanlovda havaskor va professional fotograflar ishtirok etadi. Musobaqa bir nechta yoʻnalishni qamrab olib, gʻoliblar uchun pul va boshqa sovrinlar nazarda tutilgan.
Kanagava prefekturasidan Mayumi Takeuti bosh sovrinni keltirgan kadrni suv ostida olgan. U keng burchakli obyektiv, kamera uchun mustahkam suv oʻtkazmaydigan gʻilof va impulsli chaqnoqdan foydalangan.
Suratga olish paytida fotograf bilan olusha oʻrtasidagi masofa bir metrdan ham kam boʻlgan. Hakamlar ushbu kadrni «moʻʼjiza» deb taʼriflagan.

Tanlovning bosh sovrinini olgan surat. © Mayumi Takeuchi
«Tabiat» yoʻnalishidagi oltin mukofot Fukuokadan Koiti Ikedaga berilgan. U parvozdagi ikki boyoʻgʻlini shunday lahzada tasvirga olganki, qushlar goʻyo bir-birining koʻzgudagi aksidek koʻrinadi.
Nikon maʼlumotiga koʻra, fotograf bu kadrni fokus masofasi 800 millimetr boʻlgan superteleobyektiv yordamida olgan.

«Tabiat» yoʻnalishida oltin mukofot. © Koichiro Ikeda
Ushbu yoʻnalishda kumush mukofot Keyko Negisiga nasib etgan. Masato Nakata, Yasuyuki Konisi va Akira Sato esa bronza sovrindorlari boʻlgan.

«Tabiat» yoʻnalishida kumush mukofot. © Keiko Negishi























