Oxirgi 9 ta savdo sessiyasida söm dollarga nisbatan qadrsizlandi va 2 foizga öz qiymatini yöqotdi. Şuningdek, dollarning rasmiy kursi 31-iyuldan buyon eng yuqori darajaga qaytdi. Yil boşidan buyon hisoblaganda esa söm erişgan barça mustahkamlanişini yöqotdi. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyev söm kursi dinamikasidagi özgarişlarni tahlil qildi va bunga sabab bölayotgan omillarni keltirib ötdi.

Dollar global miqyosda mustahkamlanmoqda. Oktabr oyida aksariyat valyutalar dollarga nisbatan qadrsizlanmoqda. Xususan, tanlab olingan 39 ta valyutaning 26 tasi dollarga nisbatan qadrsizlangan. Faqatgina 8 ta valyutada mustahkamlaniş kuzatilgan. Yaʼni global miqyosda ham aksariyat valyutalar dollarga nisbatan qadrsizlanmoqda, söm esa ular qatorida. Dollarning mustahkamlanişi öz navbatida sentabr oyida AQŞ Markaziy bankining foiz stavkasini oşirganligi hamda oktabr oyidagi yiğilişda oşiriş böyiça kutilmalar oşayotganligi bilan izohlanadi. AQŞda inflyatsiyaning tezlaşayotganligi esa foiz stavkasi oşirilişining ehtimolini yanada kuçaytirmoqda.

Söm kursi özgarişiga global dollarning mustahkamlanişidan taşqari boşqa omillar ham taʼsir qilayotgan bölişi mumkin.

Hozirça maʼlumotlar mavjud bölmagan, lekin ehtimoliy sabablar.
Bir martalik qarz yoki şunga öxşaş boşqa majburiyatlar böyiça tölovlar. Uçinçi çorak yakuni bilan hukumat yoki xususiy sektorlarning qarz tölovi böyiça bir martalik talabi valyuta bozorida qisqa muddatli talabning oşişiga olib kelgan bölişi mumkin.

Real kurs. May oyidan real kurs mustahkamlanişni boşlagandi. Markaziy Bank işlab çiqaruvçilarning taşqi raqobatdoşligi yöqotilişining oldini oliş uçun (sterilizatsiya böyiça) intervensiyalarni ortga surayotgan bölişi mumkin. Özi, umuman, joriy yilda ötgan yilga nisbatan sezilarli kam oltin eksport qilindi. Bu esa Markaziy bankning valyuta orqali sterilizatsiya imkoniyatlari oldingi yilgidan kamroq ekanligini körsatadi.

Pul ötkazmalarining mavsumiy mötadillaşişi. Yoz tugaşi bilan pul ötkazmalari mavsumiy pasayişni boşlaydi. Bu esa boşqa omillar qatori söm qadrsizlanişiga qöşimça omil bölib xizmat qilayotgan bölişi mumkin.