Toşkentda quriliş kompaniyasi 51 tup daraxtni ruxsatsiz kesib taşlagani aniqlandi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

5 million tonnadan ziyod paxta terildi

2026-yilda dehqonlar 5 million tonnadan ziyod paxta yiğib oldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga yöllagan tabrigida bu yil fermerlar paxtadan 13–14 trillion söm sof foyda olişi kutilayotganini bildirdi.

Davlat rahbarining 4-noyabrdagi tabrigida uşbu natija Yangi Özbekiston tarixidagi rekord sifatida qayd etildi. Prezident uni «paxtaçilik sohasidagi Yangi Özbekiston möʼjizasi» deb atab, dehqonlar, fermerlar, agronomlar, suvçilar, mexanizatorlar, olimlar va klaster xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Taqqoslaş uçun, 2000-yilda mamlakatda 1,4 million gektar maydonga çigit ekilib, jami 3 million tonna paxta terib olingan. Bu yil qariyb 400 ming gektar yerda örtaça hosildorlik 70 sentnerga yetgan, salkam 70 ming gektarda esa gektaridan 100–110 sentnergaça hosil olingan. Mingga yaqin fermer xöjaligi va klaster örtaça 100 sentnerlik yoki undan yuqori natijani qayd etgan.

Toşkent köçalarida buyurtma yetkazuvçi robotlar paydo bölişi kutilmoqda

Yandex Uzbekistan kompaniyasi 2026-yil oxirigaça Toşkentdagi Yandex Lavka buyurtmalarini tezkor yetkazib berişga robotlarni jalb qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Izzat Şukurov tahririyatning loyihaga tayyorgarlik böyiça söroviga javoban maʼlum qildi.

Pilot loyiha natijalariga köra, kompaniya uni bosqiçma-bosqiç kengaytirişni rejalaştirmoqda. Jumladan, robotlarni Yandex Uzbekistan ekotizimining boşqa servislari buyurtmalarini yetkazib berişga jalb qiliş, şuningdek, bu xizmatni boşqa kompaniyalarga ham taklif etiş közda tutilgan.

Foydalanuvçi buyurtmani rasmiylaştiriş vaqtida ilovada uning taxminiy yetib keliş vaqtini köradi. Robot ikki kilometrgaça bölgan masofaga yetkazib beriş uçun möljallangan va piyodalar oqimi tezligida harakatlanadi.

Bokiralikni tiklaganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilanişi rad etildi